Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Jazoni ijro etiş muassasalari xodimlari uçun seminar-trening

10 Dekabr 2022, 18:15

3462

IIV huzuridagi Jazoni ijro etiş departamentining 1-mintaqaviy muvofiqlaştiriş markazi tasarrufidagi jazoni ijro etiş muassasalari xodimlari uçun bir kunlik seminar-trening taşkil etildi.

Maşğulotlar IIV Akademiyasi öquv bazasida tajribali professor-öqituvçilar tomonidan olib borildi. Dastlab Jazoni ijro etiş faoliyati kafedrasi boşliği, polkovnik Abdukarim Şodiyev sönggi yillarda sohada amalga oşirilayotgan tub islohotlar va seminar-treningni ötkazişdan közlangan asosiy maqsad haqida töxtalib ötdi.

Şundan söng “Jazoni ijro etiş muassasalari tarixi va rivojlaniş bosqiçlari”, “Penitensiar tizimda mahkumlarning huquq va majburiyatlari”, “Jazoni ijro etiş tizimini liberallaştirişning asosiy yönalişlari va bosqiçlari”, “Jazoni ijro etiş muassasalari xodimlari tomonidan qiynoqqa qarşi konvensiya talablariga rioya etiş masalalari”, “Jazoni ijro etiş muassasalarida penitensiar psixologiyaning örni” mavzuida trening maşğulotlari ötkazildi.

Tizim xodimlarining kasbiy könikmalarini oşiriş maqsadida taşkil etilgan maşğulotlar jazo ijro etiş muassasalari faoliyatiga samarali mexanizmlarni tatbiq etişga xizmat qiladi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech