Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Yashil hududlar – obodlik nishonasi

04 Aprel 2022, 10:04

1582

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi hayotga izchil tatbiq etilmoqda.  

Ezgu tashabbus doirasida e’lon qilingan “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlariga Ichki ishlar vazirligi akademiyasi jamoasi ham munosib hissa qo‘shmoqda.      

Ta’lim muassasasi xodimlari va kursantlaridan iborat tashabbuskor guruh tomonidan Ichki ishlar vazirligi Tibbiyot boshqarmasiga qarashli “O‘zbekiston” sanatoriyasida ko‘chat ekish tadbirlari amalga oshirildi. Aksiya doirasida sihatgoh hududi, ariq va yo‘llar, ekinzorlar obodonlashtirilib, 800 tupdan ziyod mevali hamda manzarali ko‘chatlar ekildi. Devorlar, daraxt va butalarga ishlov berildi. 

Ezgulikka yo‘g‘rilgan tashabbus poytaxtning Chilonzor tumanidagi “Ko‘tarma” mahallasida qizg‘in davom ettirildi. Atrof-muhitni ko‘kalamlashtirish ishlariga tuman faollari, mahalla oqsoqollari bosh-qosh bo‘lishdi. Pok niyatlar bilan yerga birin-ketin navnihollar qadaldi. Mahalla bo‘ylab obodonchilik tadbirlari amalga oshirilib, yon-atrof gulu gulzorga aylantirildi.

Yurtimizni yanada obod va farovon qilish yo‘lidagi xayrli ishlar shu kunlarda keng quloch yoymoqda.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech