Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Janubiy koreyalik mutaxassisdan master-klass

27 Dekabr 2022, 05:12

987

Toshkent shahridagi Aju universiteti professori IIV Akademiyasi kursantlariga seminar-trening o‘tdi.

“Global makonda axborot xavfsizligini ta’minlash” mavzuida o‘tkazilgan seminar-treningda “Kiberxavfsizlikni ta’minlash” va “Axborot texnologiyalari” iqtidorli kursantlar ilmiy to‘garaklari a’zolari qatnashdi.

Mashg‘ulotda kiber olamdagi tahdidlar, internet tarmog‘i orqali sodir qilinayotgan jinoyatlar, ularning turlari va oldini olish yo‘llari, jahon kibermakonida yuzaga kelayotgan zamonaviy xavf-xatarlar haqida so‘z bordi. Shuningdek axborot xavfsizligini ta’minlashda qo‘llanilayotgan dasturlar multimedia tarzida namoyish etilib, universitet faoliyati haqida ma’lumot berildi.

Professor Endi Xvang kursantlar bilan ingliz tilida muloqot qilib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech