IIV Akademiyasining ixtisoslashgan kafedralari hamkorligida o‘tkazilgan davra suhbati kunduzgi ta’lim kursantlari uchun foydali tavsiyalarga boy bo‘ldi.
Tadbir yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, sohadagi mavjud muammolar va ularning yechimlariga bag‘ishlandi.
Tajribali professor-o‘qituvchilar “Yoshlar huquqbuzarligini barvaqt oldini olishning asosiy yo‘nalishlari”, “Huquqbuzarliklar profilaktikasida psixologiyaning o‘rni”, “Yoshlar huquqbuzarligining oldini olishda “mahallabay” ishlashning o‘ziga xos jihatlari”, “Xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish” mavzulariga to‘xtalib o‘tdilar.
***
Jinoyat huquqi kafedrasining tajribali pedagoglari ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish bo‘yicha kursantlarga zarur tavsiyalar berdilar.
“Adolat” iqtidorli kursantlar ilmiy to‘garagi a’zolari ishtirok etgan davra suhbatida huquqshunoslik ilmining o‘ziga xos xususiyatlari, ilmiy natijalarni rasmiylashtirish tartibi, jinoyat huquqiga oid dolzarb masalalarga ilmiy jihatdan yondashish masalalari haqida so‘z bordi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati