Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Yangiliklar qisqa satrlarda

31 Yanvar 2022, 03:01

1957

25-yanvar. Poytaxtimizda “Islom Karimov – milliy armiya asoschisi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar buyuk davlat va siyosat arbobi, mamlakatimizning taraqqiyot yo‘lida fidokorona xizmat qilgan Islom Karimovning hayoti va serqirra faoliyatini e’tirof etdilar. Muhtaram  Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Birinchi Prezidentimiz nomini abadiylashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar tilga olindi.

Ichki ishlar vazirligi akademiyasi vakilllari ishtirok etgan xotira kechasida mehmonlarga Birinchi Prezidentning rafiqasi Tatyana Karimovaning dastxati bitilgan kitoblar sovg‘a qilindi.

***

28-yanvar. Belarus Respublikasi IIV Akademiyasi tashabbusi bilan jinoyatchilikka qarshi kurashish muammolari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun kadrlar tayyorlash masalalariga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Onlayn tartibda o‘tgan anjumanda IIV Akademiyasi vakillari ham qatnashib, bu borada O‘zbekiston tajribasining muhim jihatlariga to‘xtaldilar. Mutaxassislarning fikricha, mazkur sohada yechimini kutayotgan muammolarning yechimlari yuzasidan bildirilgan taklif hamda tavsiyalar anjumanning dolzarbligini oshirdi.

***

28-yanvar. Jamoat xavfsizligi universitetida bo‘lib o‘tgan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman “Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish strategiyasi: xalqaro va milliy tajriba” mavzusiga bag‘ishlandi.

Manfaatdor vazirlik va idoralar, shuningdek Turkiya Respublikasi Jandarmeriya va sohil xavfsizligi akademiyasi, Ispaniyaning San Pablo universiteti (CEU), Hofstra universiteti (AQSh), Rossiya Federatsiyasi IIVning Krasnodar universiteti va boshqa muassasalar vakillari ishtirok etgan anjumanda ekspertlarning ma’ruzalari tinglandi.

Jumladan, IIV Akademiyasi katta o‘qituvchisi, podpolkovnik Xushnudbek Yakubov “Yoshlar tomonidan terrorizm va ekstremizm bilan bog‘liq sodir etilgan huquqbuzarliklar hamda unga ta’sir qiluvchi omillar” mavzusidagi ma’ruzasida sohani takomillashtirishga oid tavsiyalarini ilgari surdi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech