Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLAŞ: MILLIY VA XORIJIY TAJRIBA

30 Aprel 2023, 12:19

2805

Yangi Özbekistonning taraqqiyot strategiyasidagi ustuvor maqsad va vazifalardan kelib çiqib “Jamoat xavfsizligini ta’minlaş: milliy va xorijiy tajriba” mavzuida ilmiy-amaliy anjuman ötkazildi.

 Jamoat xavfsizligi universiteti tomonidan gibrid formatda taşkil etilgan xalqaro anjumanda Rossiya, Belarus, Qozoğiston, Tojikiston, Qirğiz, Ozarbayjon davlatlarining turdoş oliy ta’lim muassasalari, şuningdek Özbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qiliş akademiyasi, Içki işlar vazirligi akademiyasi, Favqulotda vaziyatlar vazirligi akademiyasi, Bojxona instituti, Özbekiston Milliy universiteti, Toşkent davlat pedagogika universiteti, Milliy gvardiya “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi vakillari, soha mutaxassislari, huquqşunos olim va ekspertlar qatnaşdi.

Anjuman iştirokçilarining fikriça, jahonda kuçayib borayotgan ziddiyatlar, zamonaviy tahdidlar mamlakatimiz suvereniteti va milliy xavfsizligini ta’minlaşga qaratilgan kompleks çora-tadbirlarni taqozo etmoqda. Bu borada mamlakatimizda Özbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi konsepsiyasi, 2022 – 2025-yillarda Özbekiston Respublikasida jamoat xavfsizligini ta’minlaş tizimini rivojlantiriş strategiyasi qabul qilingan. 2022 – 2026-yillarga möljallangan Yangi Özbekistonning taraqqiyot strategiyasida “Jamoat xavfsizligini ta’minlaş, huquqbuzarliklarning sodir etilişiga sabab bölgan şart-şaroitlarni öz vaqtida aniqlaş va bartaraf etişning samarali tizimini yaratiş” alohida maqsad sifatida qayd etilgan. Uşbu vazifalar “Barça sa’y-harakatlar inson qadri uçun” degan ustuvor ğoya asosida xalqimizning tinç va osoyişta hayotini ta’minlaş, jamiyatimizda qonunga itoatkorlik va jamoat xavfsizligi madaniyatini şakllantirişga yönaltirilgan.

Xalqaro anjumanda soha mutaxassilari va ekspertlarning dolzarb mavzulardagi ma’ruzalari, jamoat xavfsizligini ta’minlaşning zarur çora-tadbirlari yuzasidan fikr-mulohazalari tinglandi. Şular qatorida, IIV Akademiyasining Ma’muriy huquq kafedrasi professor-öqituvçilari tomonidan qator taklif va tavsiyalar bildirildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

 

 

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech