Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

IQTIDORLI KURSANTLAR KENGAŞI ILĞOR TAŞABBUS VA TAKLIFLAR MINBARIGA AYLANMOQDA

14 May 2022, 21:21

2715

Yoşlarga zamonaviy ta’lim beriş, ularning iqtidor va salohiyati röyobga çiqariş, ğoya va taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş maqsadida Içki işlar vazirligi akademiyasida Iqtidorli kursantlar kengaşi faoliyat boşlagan edi. Kengaş a’zolari bilan ötkazilgan navbatdagi uçraşuvda ötgan davr mobaynida erişilgan yutuqlar va istiqboldagi muhim vazifalar qizğin muhokama qilindi.

Uçraşuvda Akademiya boşliği Rustam Xatamov söz olib, kengaşning bir yillik faoliyatini tahliliy sarhisob qildi. Qayd etilganidek, ötgan davr mobaynida kengaş faollarining taşabbuslari asosida ta’lim maskani hayotiga qator yangilanişlar joriy qilindi.

Davlatimiz rahbarining beş muhim taşabbusi doirasida ma’naviy-ma’rifiy, badiiy-estetik tarbiya va sport yönalişida 20 ta yangi tögarak faoliyati yölga qöyildi. Axborot-resurs markazida qoşida “Buyuk sohibqiron Amir Temur” hamda “Turon qoploni – Jaloliddin Manguberdi” sinfxonalari barpo etilib, elektron zallar qöşimça internet tarmoğiga ulangan 200 ta zamonaviy kompyuter bilan jihozlandi.

Xorijiy tillar, axborot texnologiyalari, kiberjinoyatçilikka qarşi kuraşiş yönalişlari böyiça qöşimça fakultativ maşğulotlar, şuningdek kursant qizlarni oilaviy hayotga tayyorlaş maqsasida öquv kurslari taşkil etildi. Kursantlarning bazaviy amaliyot maşğulotlari, turdoş oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ötkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, “Zakovat” intellektual öyinlari, körik-tanlov va sport musobaqalari soni sezilarli köpaytirildi. Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoşlar parlamenti a’zolari bilan doimiy hamkorlik yölga qöyildi.

Bilim olişga intiluvçan, fidoyi va taşabbuskor yoşlarni rahbatlantiriş maqsadida “Iqtidorli kursant”, “Çölpon” kökrak nişonlari ta’sis etildi. Kursantlarning ota-onasi va özi öqigan ta’lim maskanlariga minnatdorçilik xatlari yuboriş, jamlovçi içki işlar organlariga lavozimga tayinlaşda ustunlik beriş töğrisida tavsiyanomalar kiritiş  kabi yangiliklar joriy qilindi.

Uçraşuvda kengaş faoliyatining ustuvor yönalişlariga e’tibor qaratildi. Akademiya boşliği ta’lim-tarbiya jarayonini takomillaştiriş, yoşlarni ezgu maqsad sari birlaştiriş va zamonaviy imkoniyatlardan samarali foydalanişda guruh yetakçilarini yanada faol bölişga çaqirdi. Kengaş yoşlar taklif va taşabbuslarini röyobga çiqarişda asosiy minbarga aylanişi zarurligi ta’kidlab ötildi.

Samimiy muloqot çoğida kursantlar tomonidan muhim taşabbuslar ilgari surildi. Kengaş a’zolari nomidan 205-guruh kursanti Sevara Fayzullayeva, 220-guruh kursanti Muhammadmirzoxon A’loxonov, 223-guruh kursanti Iroda Hasanovalar sözga çiqib, yaratilgan imkoniyat va şart-şaroitlar uçun minnardorlik bildirişdi. Şu kuni iste’dodli yoşlarning ilk şe’riy töplami taqdimoti ham ötkazildi. Ta’lim maskani rahbari iqtidor egalarining kelgusidagi faoliyatiga barkamollik tilab, yoşlarni “Ilhom va ijod zavqi” deb nomlangan mazkur töplam hadma Otabek Hasanovning “Liderlar kitobi” risolasi bilan taqdirladi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech