Ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz!” shiori ostida “Ma’naviyat oyligi” davom etmoqda.
Oylik doirasida tizim tasarrufidagi ta’lim maskanlarida ham qator ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Ichki ishlar vazirligi akademiya tomonidan tashkil etilgan galdagi tadbir poytaxtimizdagi “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasi va Qatag‘on qurbonlari davlat muzeyida bo‘lib o‘tdi.
Ona Vatanimiz mustaqilligi uchun kurashib, mustabid tuzum qatag‘oniga uchragan ulug‘ ajdodlarimizning murakkab qismati yoritilgan tarixiy hujjatlar, arxiv materiallari kursantlarni milliy o‘zligimizni, istiqloldek bebaho ne’matning qadr-qimmatinini anglashga undadi, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati