Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

ISTIQBOLLI HAMKORLIKKA QARATILGAN MUHIM HUJJATLAR IMZOLANDI

5 Iyun 2022, 20:13

2342

Içki işlar vazirligi akademiyasi vakillaridan iborat delegatsiya a’zolari Turkiya Respublikasida böldi. Samimiy uçraşuv va muloqotlar çoğida köp qirrali hamkorlikning muhim yönalişlari yuzasidan atrofliça fikr almaşildi.

Kun tartibidagi asosiy tadbirlarga poytaxt Anqara şahri mezbonlik qildi. Turkiya jandarmeriya va sohil xavfsizligi akademiyasida ta’lim muassasalari rahbarlarining kengaytirilgan doiradagi uçraşuvi bölib ötdi. Unda tomonlar bir-birlarini qutlagan holda Özbekiston va Turkiya munosabatlarining hozirgi holatiga yuqori baho berdilar.

“Biz ildizi muştarak va kelajagi porloq ikki buyuk millat vakillarimiz. Xalqlarimizni şonli tarix, öxşaş madaniyat va milliy an’analarga asoslangan qardoşlik munosabatlari birlaştirib turadi. Tarix sinovidan ötgan aloqalarning asrlar davomida rivojlanib kelgani turkiy xalqlar sivilizatsiyasi rivojida muhim örin tutganini alohida e’tirof etiş joiz”, - dedi Turkiya jandarmeriya va sohil xavfsizligi akademiyasi boşliği Murat Bulut.

– Sizning ötgan yil iyul oyida Özbekistonga amalga oşirgan taşrifingiz çoğida ikki tomonlama hamkorlikka tamal toşi qöygan edik, – dedi delegatsiya rahbari Rustam Xatamov. – Bugungi amaliy taşrifdan istiqbolli kelişuvlarni mustahkamlaş orqali aloqalarni yanada rivojlantirişni maqsad qilganmiz. Öylaymanki, samimiy ruhda ötayotgan bugungi uçraşuvda köp qirrali hamkorlikning barça yönalişlari böyiça ijobiy natijalarga erişamiz.

Muloqot davomida özaro tajriba almaşinuvini kengaytiriş yuzasidan atrofliça fikr almaşildi. Ta’lim muassasalari rahbarlari hamkorlik memorandumini imzolab, ta’lim samaradorligini oşirişning yangi yönalişlari böyiça kelişuvga erişdilar.

Aytiş joizki, Turkiya milliy politsiya akademiyasi mamlakatdagi yetakçi oliy ta’lim muassasalaridan biri sanaladi. 2018-yil 6-martda Içki işlar vazirligi akademiyasi hamda Turkiya milliy politsiya akademiyasi örtasida hamkorlik kelişuvi imzolangan edi va mazkur hujjat özaro aloqalarni sifat jihatdan yubori bosqiçga olib çiqişda mustahkam huquqiy poydevor böldi.

Politsiya akademiyasida bölib ötgan uçraşuvda öquv maskani boşliği janob Yilmaz Çolak özbekistonlik hamkasbini samimiy qutlab, özaro hamkorlikni ravnaq toptiriş uçun har ikki tomonda ulkan salohiyat va imkoniyat mavjudligini alohida ta’kidladi. Uning e’tirof etişiça, Turkiya va Özbekiston munosabatlari yildan-yilga yangi bosqiçga kötarilmoqda, ayniqsa ikki mamlakat yetakçilari örtasidagi döstona aloqalar munosabatlar tarixida mutlaqo yangi sahifa oçilişiga imkon yaratdi.

– Jahonda global xavf-xatarlar kuçayib borayotgan hozirgi şaroitda manfaatli aloqalarni jadal davom ettiriş, kadrlar tayyorlaş va ta’lim jarayonida ilğor yondaşuvlarni ommalaştiriş, hamkorlik yönalişlarini kengaytiriş dolzarb ahamiyat kasb etmoqda, – dedi Rustam Xatamov. – Siz rahbarlik qilayotgan politsiya akademiyasida yölga qöyilgan zamonaviy tajribalar soha uçun professional kadrlar tayyorlaş, professor-öqituvçilarimiz va xodimlarning kasbiy malakasini oşiriş, öquv jarayoniga interfaol metodlarni samarali tatbiq etişga xizmat qilmoqda.

Muzokara yakunida ta’lim muassasalari rahbarlari 2022–2023-yillarga möljallangan amaliy hamkorlik böyiça tadbirlar rejasini imzoladilar. Janob Yilmaz Çolak özaro aloqalarni yanada rivojlantiriş tarafdori ekanini ta’kidlab, tajriba almaşinuvini kengaytiriş, politsiya akademiyasi magistrlarini Içki işlar vazirligi akademiyasiga malaka oşiriş uçun yuboriş, birgalikda ilmiy salohiyatni yuksaltiriş böyiça öz takliflarini bildirdi.

Ta’kidlaş joizki, xorij safari davomida delegatsiyamiz vakillari Turkiya jandarmeriya va sohil xavfsizligi akademiyasi, Jandarmeriya aviatsiya boşqarmasi, Maxsus qöşinlar qömondonligi, Içki işlar vazirligi ekspertizalar markazi, Giyohvandlik vositalari bilan boğliq jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti, şuningdek Izmir viloyatida joylaşgan Foça jandarmeriya desant maktabi, Sohil xavfsizligi qömondonligi hamda boşqa bir qator muassasalarda bölib, soha uçun kadrlar tayyorlaşning zamonaviy yondaşuvlari bilan yaqindan tanişdilar.

Bundan taşqari, Turkiyadagi avtomaktablar jamiyati rahbari Musa Ayan bilan uçraşuv ötkazilib, Anqara şahridagi haydovçilik kursi faoliyati örganildi. Uçraşuvda haydovçilarni tayyorlaş, avtomaktablar öqituvçi-instruktorlari malakasini oşiriş böyiça ilğor tajribalarni ommalaştiriş masalalari muhokama qilindi.

Xulosa qilib atyganda, Turkiya Respublikasiga amalga oşirilgan xizmat safari davomida tomonlarni qiziqtirgan köplab masalalar yuzasidan salmoqli kelişuvlarga erişildi. Hamkorlikning bunday tarzda rivojlanayotgani ta’lim samaradorligini yanada oşirişga xizmat qiladi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

 

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech