Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

ISLOHOTLAR XALQIMIZNING TINÇ-OSUDA HAYOTINI TA’MINLAŞGA QARATILGAN

3 May 2023, 21:39

1842

IIV Akademiyasida “Xavfsiz poytaxt” konsepsiyasi doirasida amalga oşirilayotgan keng qamrovli çora-tadbirlar va istiqboldagi muhim vazifalarga bağişlangan davra suhbati bölib ötdi.

Toşkent şahar IIBB bilan hamkorlikda taşkil etilgan tadbirda magistraturaning “taşkiliy-strategik boşqaruv” va “taşkiliy-taktik boşqaruv” yönalişi tinglovçilari, kunduzgi ta’lim kursantlari, amaliyot xodimlari va öquv muassasasi professor-öqituvçilari qatnaşdi.

Aytiş joizki, sönggi yillarda jamoat tartibini saqlaş, jinoyatçilikka qarşi samarali kuraşiş, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olişga qaratilgan tizimli işlar amalga oşirildi. Hududlarning öziga xos xususiyatidan kelib çiqib “Xavfsiz poytaxt”, “Xavfsiz şahar”, “Xavfsiz hudud”, “Xavfsiz xonadon” singari konsepsiyalarning joriy qilingani kriminogen vaziyatni barqaror saqlaş, sodir etilişi mumkin bölgan jinoyatlarning öz vaqtida oldini oliş, jamoat tartibini saqlaşda mavjud kuç va vositalarni samarali boşqariş bilan bir qatorda, içki işlar organlarining faoliyat samaradorligini oşirişga xizmat qilmoqda.

Davra suhbatida boş boşqarma boşliği, general-mayor Aziz Toşpölatov söz olib, “Xavfsiz poytaxt” konsepsiyasi doirasida bajarilayotgan kompleks çora-tadbirlar, jamoat xavfsizligini ta’minlaşda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanişning afzallik jihatlariga töxtalib ötdi. Uning qayd etişiça, tizimga joriy qilinayotgan integratsiyalaşgan tizimlar kriminogen vaziyatga tezkor ta’sir körsatiş, uni nazorat qiliş va baho beriş imkonini bermoqda.

Tadbirda joriy yilning ötgan davri mobaynida Toşkent şahrida qayd etilgan jinoyatlar, ularning sabab va şaroitlari, kriminogen vaziyatga salbiy ta’sir körsatayotgan omillar haqida ma’lumot berildi. Şuningdek Situatsion boşqaruv markazi, “Geoinformatsion elektron xarita” avtomatlaştirilgan dasturi, “Face ID” qurilmalarining vazifalari, ularni boşqariş mexanizmlari taqdimot tarzida namoyiş etildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech