Jamoat xavfsizligi universitetida “Psixologiya bilimdoni” intellektual tanlovi bölib ötdi.
Tanlov bilimli yoşlarni qöllab-quvvatlaş, ularning intellektual salohiyati va ijodiy qobiliyatini röyobga çiqariş, mamlakatimizning ertangi kuni uçun yetuk kadrlar tayyorlaş maqsadida taşkil etildi. Unda IIV Akademiyasining “Jasorat”, Özbekiston milliy universitetining “Intellekt”, Qurolli Kuçlar akademiyasining “Özbegim”, Jamoat xavfsizligi universitetining “Renessans” va “Pozitiv psixologlar” jamoalari iştirok etdi.
Bellaşuv “Tanişuv”, “Test”, “Krossvord”, “Psixologik muammo va yeçimlar” şartlaridan iborat böldi. Hakamlar hay’ati tomonidan yoşlarning bilimdonligi, zukko va hozirjavobligi, ijodiy qobiliyati baholab borildi. Şunga köra, IIV Akademiyasi kursantlari “Eng faol jamoa” nominatsiyasini qölga kiritdi. “Eng ijodkor jamoa” nominatsiyasi Qurolli Kuçlar akademiyasiga berilgan bölsa, milliy universitet talabalarining çiqişi “Eng optimist jamoa” nominatsiyaga loyiq körildi. Tanlovning “Eng pozitiv jamoa” va “Eng zukko jamoa” nominatsiyalari esa mezbonlarga nasib qildi.
Tadbir yakunida diplom va esdalik sovğalari tantanali ravişda topşirildi. Şuningdek bir guruh yoşlar faol iştirokçi sifatida taqdirlandi. Konsert dasturi barçaga kötarinki kayfiyat ulaşdi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati