Içki işlar organlari faoliyati xalqçil tizimga aylanib bormoqda, mahallalarda kriminogen vaziyatni barqarorlaştiriş, sodir etilayotgan har bir jinoyatning sabab va şaroitlarini aniqlab, “ilmiy diagnoz” qöyiş orqali jinoyatçilik körsatgiçlarini barvaqt oldini oliş amaliyoti keng yölga qöyildi.
Içki işlar vaziri general-leytenant Pölat Bobojonov boşçiligidagi idoralararo işçi guruhi tarkibida bölgan IIV Akademiyasi professor-öqituvçilaridan iborat guruh Surxandaryo viloyati Termiz şahrining kriminogen vaziyati oğir bölgan “Majnuntol” mahallasida bölib, sektorlar rahbarlari, mahalla raisi, hududdagi hokim yordamçisi, xotin-qizlar faoli, yoşlar etakçisi va profilaktika inspektori va boşqa mutasaddi rahbarlar iştirokida mahallada ötgan yil davomida sodir etilgan jinoyatlarning asl sabablari, ularga imkon berayotgan şart-şaroitlar hamda amalga oşirilayotgan profilaktik çora-tadbirlar çuqur tahlil qilindi.
Mazkur mahalla misolida işlab çiqilgan “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatçilikni jilovlaş böyiça “fuqarobay” işlaş metodikasi” işlab çiqilib amaliyotga tatbiq etilişi natijasida mahallada jinoyatçilik sezilarli darajada kamayişga erişilganligi joylarga çiqqan holda keng jamoatçilikka yetkazildi.
Işçi guruh faoliyati davomida mahalla yoşlarining bandligi taʼminlanayotgani, aholini qiynab kelayotgan ijtimoiy muammolar “mahallabay”, “xonadonbay”, “fuqarobay” tizimga asoslangan holda örganiş natijasida mahalladagi soğlom maʼnaviy muhitga salbiy taʼsir körsatayotgan omillarga barham beriş, huquqiy tarğibot tadbirlari samaradorligini oşiriş yuzasidan tegişli çora-tadbirlar belgilab olindi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati