BMTning Inson huquqlari böyiça Oliy komissari Folker Tyurk Qoraqalpoğiston davlat san’at muzeyiga taşrifi davomida yoşlar bilan muloqot qildi.
Uçraşuvda qoraqalpoğistonlik yoşlar, şuningdek onlayn formatda yurtimizdagi bir qator yetakçi oliy ta’lim muassasalari qatori, Içki işlar vazirligi akademiyasi kursantlari ham iştirok etdi.
Samimiy ruhda ötgan muloqot çoğida Folker Tyurk yoşlarga oid davlat siyosati doirasida Özbekistonda amalga oşirilayotgan keng qamrovli islohotlar, xususan, yoş avlod ta’lim-tarbiyasi, ularni kasbga yönaltiriş va salohiyatini röyobga çiqariş, yoşlarning huquq va erkinliklarini ta’minlaş borasidagi amaliy sa’y-harakatlarga yuqori baho berdi.
Şuningdek BMT Oliy komissari inson huquqlarini ta’minlaş sohasida BMT va Özbekiston örtasidagi hamkorlikning bugungi holati, yoşlar huquqlarini ta’minlaşda istiqboldagi ustuvor yönalişlar xususida öz fikr-mulohazalarini örtoqlaşdi. Xorijiy tillarni mukammal biladigan yoşlar bilan samimiy muloqot qildi.