Ichki ishlar vazirligi akademiyasi kursantlari o‘rtasida “Mag‘rur hilpirayver, yurtim bayrog‘i!” mavzuida insholar tanlovi o‘tkazildi.
Yoshlarning intellektual salohiyati, ma’naviy dunyoqarashi va kasbiy fazilatlarini yuksaltirish maqsadida tashkil etilgan tanlovda kursantlar faol qatnashdi. Ijodiy ishlarni baholashda inshoning mazmundorligi, fikrlar izchilligi va mavzuning qay darajada yoritilgani alohida e’tiborga olindi.
Tanlov yakunida birinchi o‘rin 121-guruh kursanti Orzumbek Rahmatullayevga, ikkinchi o‘rin 223-guruh kursanti Azizjon
Abdumavlonovga, uchinchi o‘rin esa 128-guruh kursanti Samandar Boqijonovga nasib etdi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati