Ichki ishlar vazirligi akademiyasi o‘qituvchilari Koreya milliy politsiya universitetida malaka oshirmoqda.
Xorij safarining ilk kunida Koreya milliy politsiya universiteti prezidenti janob Li Chyol Gu mamlakatimiz vakillari bilan uchrashdi. Samimiy muloqotda ta’lim sohasidagi hamkorlik aloqalarining izchil rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan e’tirof etildi. Shu kuni o‘zbekistonlik mehmonlar universitet hayoti, ta’lim, ilmiy tadqiqot va innovatsiya sohalarida erishilayotgan yutuqlar, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Universitet qoshida o‘zbek tiliga qiziquvchi talabalar uchun to‘ragak tashkil etilgan bo‘lib, koreys yoshlari bu yerda ona tilimizni katta qiziqish o‘rganib kelishmoqda. To‘garak faollari bilan bo‘lib o‘tgan muloqot tarixan bir-biriga yaqin ikki mamlakat yoshlari uchun ayni muddao bo‘ldi. Shu yerning o‘zida boy tariximiz, dunyo sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimiz, taraqqiyot yo‘lidan dadil ildamlayotgan Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar taqdimot qilindi.
Aytish joizki, ikki tomonlama kelishuvga binoan tashkil etilgan o‘quv kursi davomida Akademiya vakillari kiberxavfsizlik, IT-texnologiyalar va ekspert-kriminalistika yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlashning ilg‘or jihatlari o‘rganadilar.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati