IIV Akademiyasida “Içki işlar organlari xodimlarining jangovar va jismoniy tayyorgarligini ta’minlaş: bugungi holati va istiqbollari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bölib ötdi.
Unda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi, Içki işlar vazirligi, Sportni rivojlantiriş vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Özbekiston huquqni muhofaza qiliş organlarining Qöl jangi federatsiyasi vakillari, şuningdek turdoş oliy ta’lim maskanlari hamda ilmiy-amaliy tadqiqot muassasalaridan mutaxassislar iştirok etdi.
Anjuman avvalida içki işlar vaziri örinbosari, general-mayor Azizbek Ikramov sözga çiqib, tizim xodimlarining kasbiy tayyorgarligini ta’minlaş borasida amalga oşirilayotgan keng qamrovli çora-tadbirlar, mazkur faoliyatni takomillaştirişning ustuvor yönalişlariga töxtalib ötdi.
Ilmiy-amaliy konferensiyada “Mamlakatimizda professional yoş kadrlarni tayyorlaş – kuçli millat va davlatni barpo etiş kafolati”, “Harbiy xizmatçilarning jangovar va jismoniy tayyorgarligini oşiriş tendensiyalari: muammo va yeçimlar”, “Jamoat xavfsizligini ta’minlaşda bölinmalarning jangovar va maxsus tayyorgarligini taşkil etişning asosiy yönalişlari”, “IIV Akademiyasi kursantlarining jangovar va jismoniy tayyorgarligi böyiça zamonaviy yondaşuvlar”, “Jismoniy tarbiya va sportni ommalaştiriş borasidagi islohotlar samaralari”, “Huquqni muhofaza qiliş organlari örtasida qöl jangini yanada takomillaştiriş: istiqbol va natijalar” mavzularida ma’ruza tinglandi.
Soha vakillari va mutaxassislar tomonidan ilmiy asoslangan taklif hamda tavsiyalar işlab çiqildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati