Içki işlar vazirligi akademiyasida “Ilm-fan va ta’limning innovatsion rivojlanişi: hozirgi holati va taraqqiyot tamoyillari” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bölib ötdi.
Anjuman Oliy Majlis Qonunçilik palatasi, Fanlar akademiyasi, Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti (YXHT)ning Özbekistondagi vakolatxonasi, Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat ilmiy-tadqiqot instituti, şuningdek yurtimiz va xorijning bir qator yetakçi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda taşkil etildi.
Akademiya rahbari Rustam Xatamov ilmiy-amaliy anjumanning maqsad va vazifalariga töxtalib, mamlakatimiz ilm-fani oldida turgan ustuvor yönalişlar, hozirgi globallaşuv davrida innovatsion rivojlaniş tendensiyalarini amaliyotga tatbiq etiş masalalari, bu borada milliy va xalqaro tajribaning öziga xos jihatlariga e’tibor qaratdi.
Ta’kidlanganidek, mamlakatimizda ilm-fanni muntazam isloh qilib boriş, zamonaviy bilimga ega va mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlaş, ilmiy infratuzilmani modernizatsiya qiliş işlarini sifat jihatidan yangi bosqiçga kötariş maqsadida Ilm-fanni 2030-yilgaça rivojlantiriş konsepsiyasi qabul qilingan.
Konsepsiyada ilm-fan sohasida boşqaruv tizimini takomillaştiriş, yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlaş, yoşlarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga yönaltiriş va yutuqlarini rağbatlantiriş, ilm-fan va ilmiy faoliyatni rivojlantirişning zamonaviy infratuzilmasini yaratiş kabi maqsadli körsatkiç va indikatorlar belgilab olingan. Ayni yönalişdagi vazifalar mamlakatimizni isloh etiş va yangilaş jarayonlarini jadallaştirib, “Uçinçi Renessans” poydevorini mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Anjumanda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Spikerining birinçi örinbosari Akmal Saidov, Toşkent şahridagi Amiti universiteti rektori Bobur Abdullaev, Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toşkent filiali ijroçi direktori Abdulla Mağrupov söz olib, ilm-fan va innovatsion faoliyatni rivojlantirişning muhim jihatlariga töxtalib ötdilar. Asosiy ma’ruzaçilar qatorida Belarus, Xitoy, Hindiston, Rossiya hamda Özbekiston vakillarining çiqişlari tinglandi.
Kunning ikkinçi yarmida xalqaro anjuman işi sessiyalarga bölingan holda davom ettirildi. Xalqaro va mahalliy ekspertlar tomonidan “Ilmiy va ta’lim siyosatining strategik yönalişlari: amalga oşiriş tajribasi, muammolar va istiqbollar”, “Fan, ta’lim va amaliyot integratsiyasi: innovatsion hamkorlik”, “Oliy kasb-hunar ta’limi sifatini boşqariş va monitoring qiliş”, “Innovatsiyalar va zamonaviy pedagogik texnologiyalar oliy kasbiy ta’lim tizimida” kabi yönalişlar doirasida fikr-mulohazalar bildirildi. Zamonaviy ilm-fan va ta’lim sohasidagi dolzarb muammolarning yeçimlariga qaratilgan qator taklif hamda tavsiyalar işlab çiqildi. Bu borada konferensiya yakunlariga bağişlangan ilmiy maqolalar töplamini çop etişga kelişib olindi.
Aytiş joizki, xalqaro anjuman doirasida Içki işlar vazirligi akademiyasi hamda Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat instituti örtasida hamkorlik memorandumi ham imzolandi. Tomonlar mazkur memorandum ilmiy-amaliy va innovatsion hamkorlikka keng yöl oçib, soha uçun malakali mutaxassis va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlaş hamda özaro tajriba almaşinuvini yanada kengaytirişda muhim poydevor bölişini e’tirof etdilar.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati