Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Ijtimoiy profilaktika jinoyatçilikni jilovlaşning muhim omili

13 Noyabr 2026, 21:20

119

Içki işlar vazirligi akademiyasi işçi guruhi tomonidan Mirzo Uluğbek tumanining “Podşoboğ” mahallasida örganişlar olib borildi.

Örganişlar avvalida mahallaning kriminogen vaziyati “yettilik” vakillari va mas’ullar iştirokida muhokama qilindi. Ta’kidlanganidek, joriy yil davomida mahallada oldini oliş mumkin bölgan 8 ta jinoyat qayd etilgan. Xonadonlarning 16 tasi “qizil”, 308 tasi “sariq” toifaga kiritilgan bölib, 30 nafardan ziyod alohida toifadagi şaxs röyxatga olingan.

Yiğilişda jinoyatlarning asl omillari, jamoat xavfsizligini ta’minlaş, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş, ijtimoiy profilaktikani taşkil etiş, aholi muammolarini hal qiliş, murojaatlar bilan işlaş, hududlarni kameralaştiriş borasida amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar, manzilli “yöl xarita”lar ijrosi, faoliyatdagi ayrim kamçiliklar tahlil qilindi.

Akademiya boşliği mahallalarni jinoyatdan xoli hududga aylaştiriş davlatimiz rahbarining doimiy e’tiborida bölib kelayotgan dolzarb masala ekanligini ta’kidladi. Şu bois, profilaktika işlarini tizimli taşkil etiş, aholi bilan doimiy muloqotda böliş, jinoyatçilik omillarini barvaqt aniqlaş, alohida toifadagi şaxslarning muammolarini nazoratga oliş, har bir xonadonga xavfsiz muhitni olib kiriş zarurligini aytib ötdi.

Şu kuni aholi gavjum joylarning kriminogen vaziyati, hududlarda örnatilgan kameralar, taşviş tugmalari, domofon va boşqa qurilmalarning texnik holati örganildi. Mas’ullarga kameralaştiriş va texnik qöriqlovga oliş qamrovini oşiriş, çaqiruv böyiça voqea joyiga zudlik bilan yetib boriş, kriminogen vaziyatga xavf solişi mumkin bölgan holatlarning oldini oliş, patrullik guruhlari faoliyatini kuçaytiriş yuzasidan körsatmalar berildi.

Örganişlar yakunida dolzarb vazifalarning ijrosini ta’minlaş, hamkorlikdagi işlar samaradorligini oşiriş orqali mahallani “yaşil” toifaga ötkaziş böyiça qator çora-tadbirlar belgilab olindi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech