IIV Akademiyasida o‘tkazilgan ma’rifat darsida Usmon Nosirning hayoti va ijodi xotirlandi.
O‘zbek adabiyotining zabardast shoiri Usmon Nosir betakror iste’dod va jasorat sohibi edi. Uning ijodida ona yurtimizga bo‘lgan cheksiz muhabbat va sadoqat g‘oyalari bilan sug‘orilgan. Istiqlol va erk kuychisi otashin she’rlari bilan hali yoshlik chog‘laridayoq adabiyot darg‘alari qatoridan joy oldi.
Mustabid tuzum davri qurboni bo‘lgan shoirning “Quyosh bilan suhbat”, “Safarbar satrlar”, “Yurak”, “Mehrim”, “Atlas”, “So‘nggi kun” kabi ko‘plab ijod mahsullari, Pushkin, Lermontov, Geyne, Gyote, Bayron ijodidan tarjimalari milliy adabiyotimizning durdonalari sanaladi. Shu bois, Usmon Nosir ijodining milliy ma’naviyatimizni yuksaltirishdagi ahamiyati beqiyos.
Tadbirda Usmon Nosir ijodidan namunalar o‘qildi. Qatag‘on davri qurbonlari qismatidan hikoya qiluvchi “Qora quyosh” spektakli xodimlarda ulkan ma’naviy taassurot qoldirdi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati