Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

IIV AKADEMIYASIGA BELARUS RESPUBLIKASI DELEGATSIYASI TAŞRIF BUYURDI

27 Dekabr 2021, 13:18

3084

24-dekabr kuni Belarus Respublikasi Içki işlar vazirligi akademiyasi boşliği, general-mayor Aleksandr Vasilyev boşçiligidagi delegatsiya mamlakatimizga keldi. Taşrif doirasidagi asosiy tadbirlar Içki işlar vazirligi akademiyasida bölib ötdi.  

Ta’kidlaş joizki, ta’lim muassasalari örtasida hamkorlik aloqalari ikki tomonlama kelişuv asosida jadal rivojlanib bormoqda. Joriy yilning özida kiberjinoyatlarning oldini oliş, tergov jarayonida axborot texnologiyalarini samarali qöllaş, terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraşiş, jamoat tartibini saqlaş va ommaviy tartibsizliklarning oldini oliş kabi muhim yönalişlarda öquv-trening maşğulotlari, professor-öqituvçilar va kursantlar uçun malaka oşiriş kurslari taşkil qilindi. Istiqboldagi aloqalarda özaro tajriba almaşinuvini kengaytiriş, kadrlar tayyorlaşning ilğor yondaşuvlarini ommalaştiriş nazarda tutilgan.

Tomonlarning tor doiradagi uçraşuvida ta’lim sohasidagi hamkorlikning asosiy jihatlariga e’tibor qaratildi.

– Özbekiston va Belarus örtasidagi köp qirrali munosabatlarda özaro işonç va intiliş muhim ahamiyat kasb etadi, – dedi IIV Akademiyasi boşliği, polkovnik Rustam Xatamov. – Qisqa fursatda hamkorligimizni sifat jihatdan yangi bosqiçga olib çiqişda aniq natijalarga erişdik. Öylaymanki, bu borada mavjud salohiyatlar hali töliq işga solinmagan. Bugungi muloqotimiz yaqin istiqbolga möljallangan loyihalarni muhokama qiliş imkonini beradi.

Belarus Respublikasi Içki işlar vazirligi akademiyasi boşliği, general-mayor Aleksandr Vasilyevning e’tirof etişiça, hozirgi murakkab davrda ikki tomonlama hamkorlikni amaliy mazmun bilan boyitiş juda muhim. Özbekiston ta’lim tizimida qöllanilayotgan öziga xos yondaşuvlar esa ayni jihati bilan katta qiziqiş uyğotmoqda.

Muzokalardan söng delegatsiya a’zolari Akademiya faoliyati bilan yaqindan tanişdilar. Mehmonlarga ta’lim jarayoniga tatbiq etilgan yangiliklar, şaxsiy tarkib bilan olib borilayotgan jangovar-jismoniy va ma’naviy-ma’rifiy işlar haqida ma’lumot berildi. Ayniqsa Akademiya yoşlarining sport sohasida qölga kiritayotgan ulkan yutuqlari mehmonlarda iliq taassurot qoldirdi. Belarus Respublikasi IIV Akademiyasi boşliği öquv tezkor-tergov guruhlari uçun maxsus jihozlangan avtobuslarni közdan keçirib, nazariya va amaliyot uyğunligining öziga xos xususiyatlari borasida öz mulohazalarini bildirdi. Şuningdek mehmonlar Axborot-resurs markazining zamonaviy imkoniyatlari bilan tanişib, maskanda barpo etilgan “Turon qoploni – Jaloliddin Manguberdi” hamda “Buyuk sohibqiron Amir Temur” xonalarini tomoşa qildilar. Şu yerning özida Aleksandr Vasilyev yaqinda Belarus Respublikasida tajriba örganib qaytgan kursantlar bilan muloqot qildi.

– Özbekistonda yoşlarga oid davlat siyosati hayotga izçil tatbiq etilganiga guvoh böldim. Ayniqsa kursantlarning zamonaviy bilim olib, kasbiy könikmalarni egallaşi uçun barça imkoniyatlar yaratilgan. Kadrlar tayyorlaşning tizimli yölga qöyilgani esa içki işlar organlarini yetuk salohiyatli mutaxassislar bilan ta’minlaşga puxta zamin yaratadi. Amaliyotga joriy qilingan ilğor yondaşuvlarni Belarus tajribasida qöllaşni rejalaştirganmiz, – dedi  A. Vasilyev.

Şuning bilan Belarus Respublikasi Içki işlar vazirligi akademiyasi delegatsiyaning xizmat safari nihoyasiga yetdi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati  

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech