Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

IIV Akademiyasida AQŞning Özbekistondagi elçixonasi xodimlari uçun seminar-trening taşkil etildi

27 Iyul 2022, 20:50

2149

IIV Akademiyasida Amerika Qöşma Ştatlarining Özbekistondagi elçixonasi xodimlari uçun “Özbekiston Respublikasi pasportlari va fuqarolik holatiga oid aktlaridagi himoya elementlari” mavzusida qisqa muddatli seminar-trening taşkil etildi.

Mazkur seminar-treningda IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş boş boşqarmasi hamda Akademiyaning malakali mutaxassislari tomonidan mamlakatimizda pasport tizimi qoidalari, xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi bölmagan şaxslarning Özbekiston Respublikasi hududiga kirişi, çiqişi hamda Özbekiston Respublikasi fuqarolarining çet elga çiqiş pasportlarini rasmiylaştiriş tartibi yuzasidan batafsil maʼlumot berildi.

Seminar-trening yakunida konsul Robert Romanovski elçixona vakillari nomidan minnatdorlik bildirib, kelgusida ham şu kabi seminar-treninglarni ötkaziş, AQŞ va Özbekiston Respublikasi örtasidagi özaro hamkorlik asosiga qurilgan munosabatlarni yana-da mustahkamlaşga umid bildirdi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech