Joriy yilning 16-fevral kuni Krasnodarda fuqarolik huquqi va fuqarolik protsessini rivojlantirişning dolzarb muammolariga bağişlangan VIII xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bölib ötdi.
Unda Belarus, Özbekiston va Rossiyaning qator oliy ta’lim muassasalari vakillari, huquqşunos olim va tadqiqotçilar, soha mutaxassislari, şuningdek içki işlar organlari amaliyot xodimlari iştirok etdi.
Rossiya Federatsiyasi IIV Krasnodar universiteti boşliği, general-leytenant Aleksandr Simonenko xalqaro anjumanning dolzarb ahamiyatiga töxtalib, turdoş oliy ta’lim muassasalari örtasidagi hamkorlik aloqalari huquqni muhofaza qiluvçi organlar uçun kadrlar tayyorlaşda muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi.
Ilmiy-amaliy konferensiyada Rossiya Federatsiyasi IIV Boşqaruv akademiyasi, Ufa yuridik instituti, Kuban davlat universiteti, şuningdek Özbekiston, Belarus va Qirğiz Respublikalari IIV Akademiyalari vakillari öz ma’ruzalari bilan qatnaşdi. Fuqarolik huquqi va fuqarolik protsessining dolzarb muammolari, ularning yeçimlari, bu borada huquqşunos olimlar oldidagi vazifalar muhokama qilindi. Soha mutaxassislarining fikr-mulohazalari asosida taklif hamda tavsiyalar işlab çiqildi.
Xalqaro anjuman samarali muloqotlarga boy ötdi. Xususan, IIV Akademiyasi va Rossiya Federatsiyasi IIV Krasnodar universiteti vakillari örtasida bölib ötgan uçraşuvda hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almaşildi. Ta’lim muassasasi faoliyati bilan tanişuv jarayonida öqitişning ilğor yondaşuvlarini ommalaştiriş, ilmiy tadqiqot faoliyatini amaliyotning dolzarb muammolariga yönaltiriş, malakali mutaxassislarni öquv jarayoniga jalb qiliş kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati