Joriy yilning 28-oktyabr kuni Belarus Respublikasi IIV Akademiyasida “Zamonaviy şaroitda jamoat xavfsizligini ta’minlaşning dolzarb muammolari” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bölib ötdi.
Unda Mustaqil Davlatlar Hamdöstligiga a’zo mamlakatlarning yetakçi oliy ta’lim muassasalari, jumladan, Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi akademiyasi vakillari ham iştirok etdi.
Anjumanda söz olganlar global tahdidlar kuçayib borayotgan şaroitda jamoat xavfsizligini ta’minlaş va zamonaviy xavf-xatarlarning oldini oliş, favqulodda vaziyatlarda huquq-tartibot organlari kuç va vositalarini samarali boşqariş, ayniqsa kasbiy va jangovar-jismoniy tayyorgarlik masalalari muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidlab ötişdi. Şundan söng asosiy ma’ruzaçilarning dolzarb mavzudagi ma’ruzalari tinglandi. Favqulodda holatlarda dron qurilmalardan samarali foydalanişga bağişlangan taqdimot namoyiş etildi. Qizğin bahs-munozaralar yakunida jamoat xavfsizligini ta’minlaşning zamonaviy yönalişlariga qaratilgan taklif hamda tavsiyalar işlab çiqildi.
Bundan taşqari, anjuman iştirokçilari Belarus Respublikasi IIV Akademiyasi, vazirlik qoşidagi maxsus litsey, Içki işlar xodimlarini tayyorlaş, malakasini oşiriş va qayta tayyorlaş markazi, Içki qöşinlar harbiy qismi hamda “Qoplon” harbiy-vatanparvarlik klubi faoliyati bilan tanişib, amaliyotga tatbiq qilingan yondaşuvlarni közdan keçirdilar. Mehmonlar uçun Minsk şahrining diqqatga sazovor maskanlarida madaniy tadbirlar taşkil etildi.
Ahamiyatlisi, xalqaro konferensiya turdoş oliy ta’lim muassasalari örtasida hamkorlikning yangi yönalişlarini belgilab oliş imkonini berdi. Xususan, Özbekiston va Belarus Respublikalari IIV Akademiyalari vakillari uçraşuvida boşqaruv kadrlarini tayyorlaşda özaro tajriba almaşiş, ilmiy aloqalarni kengaytiriş, innovatsion ta’lim yutuqlarini ommalaştiriş masalalari atrofliça muhokama qilindi.
IIV Akademiyasi Axborot xizмати