Poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida “Ilhom” mukofoti tanlovi ğoliblarini taqdirlaşga bağişlangan tantanali tadbir bölib ötdi.
Adabiyot bayramida qator vazirlik va idoralar mutasaddilari, şoir va yozuvçilar, adabiyotşunos olimlar hamda yoşlar jamoatçiligi vakillari iştirok etdi. Tadbir avvalida söz olganlar muhtaram Prezidentimiz taşabbusi bilan ta’sis etilgan va an’anaviy tarzda ötkazib kelinayotgan tanlov yoşlarning adabiyotga qiziqişini yanada oşiriş, ularni barkamol avlod etib tarbiyalaş, yozuvçi va şoirlarimiz ibratli hayoti hamda boy ijodiy merosini çuqur örganişda mustahkam tayanç bölayotgani e’tirof etişdi.
Aytiş joizki, tanlovning oliy ta’lim muassasalari doirasida taşkil etilgan saralaş bosqiçida ön mingdan ortiq yoşlar iştirok etdi. Respublika bosqiçiga 58 ta oliy ta’lim muassasasidan 105 ta ijodiy iş qabul qilindi. Hakamlar hay’ati tomonidan 3 ta asosiy va 6 ta rağbatlantiruvçi mukofot uçun ğoliblar saralandi.
Tadbirda ğolib va sovrindorlar tantanali ravişda e’lon qilindi. Urganç davlat universiteti öqituvçisi Akbar Otaboyev “Ilhom” tanlovi ğolibi deb e’tirof etilib, unga “Spark” avtomobili topşirildi. IIV Akademiyasi kursanti Javohir Bafoyev faxrli ikkinçi örin va 30 million söm mukofotga sazovor böldi. Xalqaro qişloq xöjaligi universiteti talabasi Asadbek Röziyevga esa uçinçi örin va 15 million söm mukofot nasib qildi.
Ğoliblar diplom va statuetka bilan taqdirlandi. Bundan taşqari, yana olti nafar iştirokçi rağbatlantiruvçi mukofotlarga munosib deb topildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati