Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

IIV AKADEMIYASIGA BELARUS RESPUBLIKASI DELEGATSIYASI TAŞRIF BUYURDI

28 Iyul 2022, 19:11

2486

27-iyul kuni Belarus Respublikasi Içki işlar vaziri örinbosari, polkovnik Dmitriy Korzyuk boşçiligidagi delegatsiyaning mamlakatimizga taşrifi doirasida Içki işlar vazirligi akademiyasi faoliyati bilan tanişdi.

Yuqori martabali mehmonlarni akademiya boşliği, polkovnik Rustam Xatamov kutib oldi.

Taʼkidlaş joizki, Belarus Respublikasi taʼlim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari ikki tomonlama kelişuv asosida jadal rivojlanib bormoqda. Sönggi bir yil içida kiberjinoyatlarni foş etiş, tergov jarayonida axborot texnologiyalarini samarali qöllaş, terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraş, jamoat tartibini saqlaş va ommaviy tartibsizliklarni oldini oliş kabi muhim yönalişlarda master-klass maşğulotlari, professor-öqituvçilar va kursantlar uçun malaka oşiriş kurslari taşkil qilindi.

Tomonlarning tor doiradagi uçraşuvida taʼlim sohasidagi hamkorlikning asosiy jihatlariga eʼtibor qaratildi.

Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirining örinbosari general-mayor Azizbek Ikramov ikki davlat örtasidagi munosabatlar tobora yuksalib borayotganligini taʼkidlab, mehmonlarga IIV Akademiyasi yurtimizda içki işlar organlari uçun yetuk professional kadrlar tayyorlaydigan yagona oliy taʼlim muassasasi ekanligi, akademiyada taʼlim sifati va samaradorligini oşirişga qaratilgan mutlaqo yangi innovatsion yondaşuvlar tatbiq etilganligi töğrisida batafsil maʼlumot berdi.

– Özbekiston va Belarus örtasidagi köp qirrali munosabatlarda özaro işonç va intiliş muhim ahamiyat kasb etadi, – dedi Rustam Xatamov. – Qisqa fursatda hamkorligimizni sifat jihatdan yangi bosqiçga olib çiqişda aniq natijalarga erişdik. Öylaymanki, bu borada mavjud salohiyatlar hali töliq işga solinmagan. Bugungi muloqotimiz yaqin istiqbolga möljallangan loyihalarni amalga oşirişga muhim omil böladi.

Belarus Respublikasi Içki işlar vazirining örinbosari, polkovnik Dmitriy Korzyukning eʼtirof etişiça, hozirgi murakkab davrda ikki tomonlama hamkorlikni boyitiş muhim ahamiyat kasb etadi. Özbekiston Içki işlar vazirligi akademiyasi taʼlim tizimida qöllanilayotgan yangi innovatsion yondaşuvlar tizim uçun yetuk professional kadrlar tayyorlaşga xizmat qiladi. Bizning akademiyamizda ham ana şunday yangiça uslublarni joriy etiş zarur, – dedi Dmitriy Korzyuk.

Muzokaralardan söng delegatsiya aʼzolari Akademiya boşliği Rustam Xatamov hamrohligida taʼlim muassasasi faoliyati bilan yaqindan tanişdilar. Mehmonlarga taʼlim jarayoniga tatbiq etilgan yangiliklar, şaxsiy tarkib bilan olib borilayotgan jangovar-jismoniy hamda maʼnaviy-maʼrifiy işlar haqida batafsil maʼlumot berildi. Ayniqsa öquv tezkor-tergov guruhlari taşkil etilib, nazariya va amaliyot uyğunligi taʼminlanganligi, Akademiya yoşlarining sport sohasida qölga kiritayotgan ulkan yutuqlari mehmonlarda yuqori taassurot qoldirdi.

Şuningdek mehmonlar Axborot-resurs markazining zamonaviy imkoniyatlari, maskanda barpo etilgan “Turon qoploni – Jaloliddin Manguberdi” hamda “Buyuk sohibqiron Amir Temur” xonalari bilan tanişib, yoş avlod vakillarida milliy ruh tuyğusini oşiriş, ularni ona Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalaşga xizmat qilişini alohida taʼkidlab ötdilar.

Şuning bilan Belarus Respublikasi Içki işlar vazirligi delegatsiyaning IIV Akademiyasiga qilgan bir kunlik taşrifi nihoyasiga yetdi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech