Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

IIV Akademiyasida donorlik aksiyasi taşkil etildi

2 Iyun 2022, 19:25

2407

Içki işlar vazirligi akademiyasida 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qiliş kuni munosabati bilan Özbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi hamkorligida “Bor mehrimiz senga bolajon!” şiori ostida beğaraz donorlik aksiyasi taşkil etildi.

 Respublika qon quyiş markazi xodimlarining aytişiça, qon oliş jarayoni sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilingan holda amalga oşirildi. Osoyiştalik posbonlarining ezgu işda taşabbus körsatayotgani xalqmiz sihat-salomatligini mustahkamlaş, ayniqsa oğir xastalikka çalingan bemorlarning hayotini saqlab qolişga munosib hissa bölib qöşiladi.

Akademiya Tibbiyot xizmati boşliği, podpolkovnik Ilxom Törayevning maʼlumot berişiça, donorlik aksiyasida taʼlim muassasasining 200 ga yaqin  xodimlar va kursantlardan iborat köngillilar faol iştirok etişmoqda. Turli xastaliklar tufayli xastalangan bemorlar salomatligini muhofaza qiliş, qonga muhtoj ehtiyojmandlarga yaqindan kömak beriş tadbirdan közlangan asosiy maqsaddir.

Aksiya doirasida ezgu işga qul urgan köngillilarga hamkor taşkilot vakillari tomonidan minnatdorlik bildirildi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech