Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

IIV Akademiyasi kursantlari murğak qalblarga quvonç ulaşdi

1 Iyun 2022, 19:28

2773

1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qiliş kunida mehr-saxovat tadbirlari ham keng quloç yoymoqda.

Bolalar hayotimiz davomçilari, kelajagimiz egalaridir. Binobarin, ularni asrab-avaylaş, har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkaziş har bir davlat, har bir oila, har bir ota-onaning muqaddas burçidir.

Içki işlar vazirligi akademiyasining bir guruh ofitser va kursantlari poytaxtimizdagi Umar Qurbonov nomidagi Respublika bolalar ruhiy-asab kasalxonasida bölişdi.

Uşbu maskan Özbekiston Davlati Soğliqni saqlaş vazirligi tizimidagi bolalar serebral falaji va asab sistemasi perinatal patologiyasi bilan oğrigan bemorlarga malakali taşxislovçi-davolovçi, jarrohlik va tiklovçi tibbiy yordam körsatuvçi yagona ixtisoslaşgan muassasa hisoblanadi.

Erta tongdan şifoxonada respublikamizning turli göşalaridan şifo istab kelgan murğak qalblarga katta bayram tadbiri taşkil etildi. Kasalxonada davolanayotgan bolajonlar tomonidan özlaridagi kamçilik va nuqsonlarini sabot bilan yengib, hayotga bölgan qiziqişlari hamda intilişlarini namoyon etgan holda ijro etilgan kuy-qöşiqlari, raqslari tadbirga taşrif buyurgan ota-onalarda quvonç hisini tuydi.

Tadbir yakunida kursantlar tomonidan taqdim etilgan turli-tuman sovğalar bolajonlarga bayram quvonçini ulaşdi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech