Tantanali ruhda ötgan tadbirda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, qator vazirlik va idoralar, oliy ta’lim muassasalari vakillari, Içki işlar vazirligi rahbariyati, soha faxriylari va professor-öqituvçilar, bitiruvçilarning ota-onalari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari iştirok etdi.
Saf maydoniga Akademiya jangovar bayroği olib kirilgaç, ta’lim maskani rahbari, polkovnik Rustam Xatamov bitiruvçilar va ularning ota-onalarini quvonçli sana bilan muborakbod etdi.
Bu yil Akademiyaning kunduzgi ta’lim yönalişini “tezkor-qidiruv faoliyati”, “tergov faoliyati”, “huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati”, “ekspert-kriminalistika faoliyati”, “xizmat faoliyatini psixologik ta’minlaş faoliyati”, “yöl harakati xavfsizligini ta’minlaş faoliyati” hamda “jinoiy jazolarni ijro etiş faoliyati” mutaxassisliklari böyiça 631 nafar kursant tamomladi. Ötgan uç yil mobaynida ular zamonaviy pedagogik yondaşuvlar, milliy va xorijning ilğor tajribalari asosida bilim olib, kasbiy könikmalarini mustahkamlab bordilar. Maşğulotlar Akademiya professor-öqituvçilari, içki işlar organlarining tajribali amaliyot xodimlari, şuningdek turdoş oliy ta’lim muassasalarining malakali mutaxassislari tomonidan olib borildi. Kursantlar uçun öquv jarayoni davomida hududiy içki işlar organlarida iş örganiş amaliyotlari taşkil etildi. Öquv dasturlari böyiça ular Yakuniy davlat attestatsiya imtihonlarini topşirib, malakaviy diplom işlarini muvaffaqiyatli himoya qildilar.
Bitiruv tadbirida yoş leytenantlarga diplomlar tantanali ravişda topşirildi.
Içki işlar vaziri, general-leytenant Pölat Bobojonov tabrik sözida muhtaram Prezidentimiz rahbarligida içki işlar organlarini xalq manfaatlariga xizmat qiladigan professional tuzilma sifatida şakllantiriş borasida amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar haqida töxtaldi.
Ta’kidlab ötilganidek, davlatimiz rahbarining 2021 yil 15 avreldagi “Içki işlar organlari uçun professional kadrlarni tayyorlaşning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etiş böyiça çora-tadbirlar töğrisida”gi PQ-5076-son qarori bilan tizim faoliyati tubdan isloh qilindi. Içki işlar vazirligi akademiyasida bakalavriat va magistraturani öz içiga oluvçi ikki bosqiçli oliy ta’lim tizimi yölga qöyilib, ta’lim va amaliyot uyğunligini takomillaştirişga qaratilgan yangi mexanizmlar joriy qilindi.
– Sohadagi ulkan islohotlar Vatan taqdiriga daxldor, fidoiy va taşabbuskor, har tomonlama professional yangi avlod içki işlar organi xodimlarini tayyorlaşga yönaltirilgan. Sizlar ana şu mas’uliyatni doimo his qilib, yurtimiz tinçligi va osoyiştaligini ta’minlaş, jamoat tartibini saqlaş, jinoyatçilik va huquqbuzarliklarga qarşi murosasiz kuraşiş yölida bor kuç-ğayratingizni safarbar etişingiz, içki işlar organi xodimi degan şarafli nomga munosib bölişingiz kerak, – dedi Içki işlar vaziri.
Tantanali tadbirda birituvçilar va ularning ota-onalari ham sözga çiqib, davlatimiz tomonidan yoşlar ta’lim-tarbiyasi yölida qilinayotgan keng kölamli islohotlarni e’tirof etdilar. Ona yurtimizni madh etuvçi qöşiqlar yangradi. Şundan söng yoş leytenantlar tantanavor marş bilan yurib, qadrdon öquv dargohlari bilan xayrlaşdilar.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati