Quyidagi ma’lumotlar ta’lim muassasasida öqiş istagida bölgan istiqbolli yoşlar uçun foydali bölişi şubhasiz.
Akademiyaning kunduzgi ta’lim bakalavriatiga 17 yoşdan kiçik va 25 yoşdan katta bölmagan, umumiy örta, örta maxsus va professional ma’lumotga ega Özbekiston Respublikasi fuqarolari tanlov asosida qabul qilinadi.
Abituriyentlar dastlabki tanlov, maxsus kasbiy tanlov hamda yakka tartibdagi yakuniy suhbat bosqiçlarida iştirok etadi.
Dastlabki tanlov hududlarda ötkazilib, hujjatlarni töplaş, örganiş va nomzodlarni tibbiy körikdan ötkaziş tadbirlarini özi içiga oladi.
Mazkur bosqiç IIV akademik litseylari bitiruvçilari va fuqarolar uçun – ularning doimiy yaşaş joyidagi tegişli içki işlar organlarida;
harbiy akademik litseylar bitiruvçilari uçun – ularning doimiy yaşaş joyidagi va harbiy akademik litsey joylaşgan hududdagi içki işlar organlarida;
içki işlar organlari xodimlari va harbiy xizmatçilari uçun – ularning xizmat joyi va harbiy qismlarda (muassasalarda) bölib ötadi.
Dastlabki tanlov tadbirlaridan muvaffaqiyatli ötgan nomzodlar maxsus kasbiy tanlovga qöyiladi.
Maxsus kasbiy tanlov va yakka tartibdagi yakuniy suhbat akademiyada bölib ötadi.
Bunda umumiy yönalişga hujjat topşirganlar quyidagi sinovlarni topşiradi:
yozma iş (bayon yoki inşo);
umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholaş;
çet tillarini özlaştirganlik darajasini baholaş.
“Ekspert-kriminalistika faoliyati” yönalişiga hujjat topşirganlar quyidagi sinovlarni topşiradi:
umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholaş;
matematika fanini özlaştirganlik darajasini baholaş;
kimyo va fizika fanlarini özlaştirganlik darajasini baholaş.
“Raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarga qarşi kuraşiş faoliyati” yönalişiga hujjat topşirganlar quyidagi sinovlarni topşiradi:
matematika fanini özlaştirganlik darajasini baholaş;
informatika va axborot texnologiyalari fanini özlaştirganlik darajasini baholaş.
Maxsus kasbiy tanlovda töplanişi mumkin bölgan eng yuqori ballning 50 foizidan köp ball töplagan abituriyentlar yakka tartibdagi yakuniy suhbatga qöyiladi.
Şu örinda, sinovlarni ötkaziş va baholaş tartibi haqida ham kerakli ma’lumotlarni biliş foydadan xoli bölmaydi.
Yozma iş bayon yoki inşo yozişdan iborat. Bayon uçun 80 daqiqa, inşo uçun 120 daqiqa ajratilib, 30 ballik tizimda baholanadi.
Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholaş öğil bolalar uçun turnikda tortiliş, 100 va 3000 metrga yuguriş, qizlar uçun esa kuç işlatiş maşqlari kompleksi, 100 va 1000 metrga yugurişdan iborat bölib, 30 ballik tizimda baholanadi.
Çet tillarini özlaştirganlik darajasi test sinovlari yoki nazariy imtihon orqali baholanadi. Ingliz, nemis va fransuz tillarini biladigan abiturientlar uçun test sinovlari, boşqa çet tilini biladiganlar uçun esa nazariy imtihonlai ötkazilib, 30 ballik tizimda baholanadi.
Matematika fanini özlaştirganlik darajasi test sinovi orqali 30 ballik tizimda baholanadi.
Kimyo va fizika fanlarini özlaştirganlik darajasini baholaş biletdagi savollarga oğzaki javob beriş orqali 30 ballik (har bir fanga 15 ball) tizimda baholanadi.
Informatika va axborot texnologiyalari fanini özlaştirganlik darajasini baholaş biletdagi savolga oğzaki javob beriş va amaliy topşiriqlarni bajariş orqali 60 ballik (nazariy savolga – 20 ball; 1-amaliy topşiriqqa – 20 ball; 2-amaliy topşiriqqa – 20 ball) tizimda baholanadi.
Yakka tartibdagi yakuniy suhbat biletdagi 3 ta savolga oğzaki javob beriş orqali (huquqşunoslik faniga – 55 ball, Özbekiston tarixi faniga – 30 ball, tarbiya faniga – 25 ball) baholanadi.
Abituriyentlar uçun imtiyozlar ham mavjud.
1. Bilim va malakalarni baholaş agentligi tomonidan beriladigan çet tilini biliş darajasi töğrisidagi sertifikat yoki xalqaro sertifikatning B2 darajaciga ega bölganlarga çet tili fanidan imtihonsiz belgilangan maksimal ball beriladi.
2. Bilim va malakalarni baholaş agentligi tomonidan beriladigan umumta’lim fanlari (matematika, fizika va kimyo)ni biliş darajasini aniqlaş böyiça milliy sertifikatlar yoki xalqaro tan olingan sertifikatlarning tegişli darajalariga ega bölganlarga matematika, fizika yoki kimyo fanidan ötkaziladigan sinovlarda quyidagiça ball beriladi:
A+, A darajali milliy sertifikatga yoki A-LEVEL imtihonining B, A, A* darajali xalqaro sertifikatga ega bölganlarga – matematika, fizika yoki kimyo fanidan belgilangan maksimal ball;
B+, B, C+, C darajali milliy sertifikatga ega bölganlarga – mos ravişda sertifikatdagi umumiy ballga nisbatan foiz asosida matematika, fizika yoki kimyo fanidan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalaştirilgan (proporsional) ball.
Bunda 2024-yil 1-martga qadar umumta’lim fanlari böyiça berilgan milliy sertifikatlar uçun mazkur sertifikat olingan paytda amalda bölgan imtiyoz tatbiq etiladi.
3. Professional darajadagi nufuzli xalqaro IT-sertifikatga ega bölgan “Raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarga qarşi kuraşiş faoliyati” ta’lim yönalişiga hujjat topşirganlarga matematika, informatika va axborot texnologiyalari fanlari böyiça töplanişi mumkin bölgan eng yuqori ballning 30 foizi miqdorida qöşimça ball beriladi.
Şuningdek, maxsus kasbiy tanlov va yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalariga köra eng yuqori ball töplagan 5 nafar abituriyent mazkur yönalişning ikkinçi kursiga töğridan-töğri qabul qilinadi.
Izoh: “Raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarga qarşi kuraşiş faoliyati” ta’lim yönalişiga öqişga kiriş uçun imtiyozlar beradigan professional darajadagi nufuzli xalqaro IT-sertifikatlar röyxati va darajalari içki işlar vaziri tomonidan belgilanadi.
4. “Vatan tayançi” harakatining tegişli tavsiyanomalariga ega bölganlarga yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalariga köra töplagan ballarining 5 foizi miqdorida qöşimça ball beriladi.
5. “Temurbeklar maktabi” akademik litseylari bitiruvçilariga yakka tartibdagi yakuniy suhbatda özlari töplagan ballarning 30 foizi miqdorida qöşimça ball beriladi.
Eslatib ötamiz: öqişga kirmoqçi bölgan abituriyentlarning arizalari qabul yilidan oldingi yilning 15-noyabridan qabul yilining 15-fevraliga qadar davom etadi.
Dastlabki tanlov tadbirlari qabul yilidan oldingi yilning 15 noyabridan qabul yilining 1-aprelga qadar ötkazilsa, maxsus kasbiy tanlov va yakka tartibdagi yakuniy suhbat qabul yilining iyun–iyul oylarida bölib ötadi.
Nomzodlar maxsus kasbiy tanlov va yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari asosida öqişga qabul qilinadi.
Hurmatli abituriyentlar! Imkoniyatingiz öz qölingizda, maqsadni töğri oling va kelajagingiz sari dadil qadam taşlang.
IIV akademiyasi