Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Içki işlar organlarini boşqarişning dolzarb masalalari muhokama qilindi

18 Noyabr 2022, 20:51

2644

Içki işlar vazirligi akademiyasida ötkazilgan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi “Zamonaviy şaroitda içki işlar organlarini boşqarişning dolzarb masalalari: innovatsion yondaşuv” mavzuiga bağişlandi.

Anjuman Oliy Majlis Qonunçilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi, Içki işlar vazirligi, Milliy gvardiya, Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi, Boş prokuratura akademiyasi, Toşkent davlat yuridik universiteti şuningdek boşqa turdoş oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda taşkil etildi.

Akademiya boşliğining birinçi örinbosari, yuridik fanlar doktori, professor Muzaffar Ziyodullayev söz olib, mamlakatimizda amalga oşirilayotgan izçil islohotlar natijasida içki işlar organlari faoliyatiga boşqaruvning samarali yondaşuvlari tatbiq etilayotgani, pirovardida bu tizimni çinakam xalqni rozi qiladigan tuzilmaga aylantirişga xizmat qilişini ta’kidladi.

Ilmiy-amaliy anjumanda içki işlar organlari boşqaruv tizimining hozirgi holati, boşqaruvni takomillaştiriş istiqbollari, bu borada yeçimini kutayotgan masalalar, milliy va xalqaro tajribaning öziga xos jihatlari xususida fikr almaşildi. Asosiy ma’ruzaçilarning “Favqulodda holatlar şaroitida huquqni muhofaza qiluvçi organlar rahbariga oid davlat siyosatining asosiy yönalişlari”, “Jamoat joylarida içki işlar organlari va huquqni muhofaza qiluvçi boşqa sub’ektlarning hamkorligi”, “Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi va Milliy gvardiya qöşinlarining jangovar vazifalarni birgalikda bajarişda özaro hamkorligining konseptual asoslari”, “Favqulodda vaziyatlar şaroitida zamonaviy rahbarga qöyiladigan talablar”, “Içki xavfsizlikni ta’minlaşda içki işlar organlari va Qurolli Kuçlarining özaro hamkorligi”, “Içki işlar organlari xodimlarining zamonaviy qiyofasini yaratiş – boşqaruv samaradorligini oşirişning muhim omili” mavzuidagi çiqişlari tinglandi.  

Muhokamalar yakunida soha mutaxassislari, amaliyot xodimlari hamda ilmiy tadqiqotçilar tomonidan bir qator muhim taklif va tavsiyalar işlab çiqildi. Konferensiya materiallarini alohida töplam tarzida çop etiş rejalaştirilgan.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech