Mamlakatimiz içki işlar organlari maşaqqatli va şarafli yölni bosib ötdi. Soha faoliyatini takomillaştirişga qaratilgan islohotlar samarasida Yangi Özbekistonda yangi içki işlar organlari şakllandi.
IIV Akademiyasida “Içki işlar organlariga 30 yil: rivojlaniş yöli, islohotlar va istiqbollar” mavzuidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tizimning öttiz yillik faoliyatiga bağişlandi. Unda vazirlik hamda idoralar, jamoat va xalqaro taşkilotlar, diplomatik korpuslar, turdoş oliy ta’lim muassasalaridan vakillar, xorijlik ekspertlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnaşdi.
Anjuman avvalida öquv dargohi boşliği Rustam Xatamov söz olib, içki işlar organlarining şonli tarixi va rivojlaniş bosqiçlari, sönggi yillar tizimda amalga oşirilgan keng qamrovli islohotlar, xususan, içki işlar organlarini aholiga yanada yaqinlaştiriş, sohaning jamoat tartibini saqlaş, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş va jinoyatçilikka qarşi kuraşiş borasidagi faoliyatiga töxtaldi.
Ta’kidlanganidek, mustaqillikning dastlabki yillari respublikamizda murakkab vaziyat, davlat va jamiyat manfaatlariga qarşi sodir etilgan tajovuzlar, ayniqsa uyuşgan jinoyatçilikning avj olgani uşbu illatlarga barham beriş, jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlaşni taqozo etardi. Öşa davrda içki işlar idoralarining asosiy kuç va vositalari huquq-tartibotni mustahkamlaş, jamiyat hayotiga xavf solayotgan turli körinişdagi jinoyatlarning oldini olişga yönaltirildi. Tizimdagi islohotlarning dastlabki bosqiçida Içki işlar vazirligi tuzilmalari faoliyati qaytadan taşkil etilib, faoliyati kuçaytirildi.
– Sönggi beş yilda içki işlar organlarining barça sohaviy xizmatlari kompleks isloh qilindi, – dedi IIV Akademiyasi boşliği R.Xatamov. – Birinçi navbatda, tizimni xalq manfaatlariga xizmat qiladigan xalqçil tuzilmaga aylaştiriş ustuvor maqsad etib belgilandi. Özbekiston Respublikasining “Içki işlar organlari töğrisida”gi qonuni qabul qilinib, sohaning huquqiy asosi yanada mustahkamlandi. Muhimi, bu yangilanişlar tizim faoliyatini mutlaqo yangiça yondaşuvlar asosida taşkil etişga xizmat qilmoqda.
Izçil islohotlar davrida sohada jamoatçilik, parlament va deputatlik nazoratining samarali mexanizmlari joriy etildi. Xalq bilan muloqotning manzilli tizimini yölga qöyiş maqsadida içki işlar organlarining 85 foiz xodimi quyi tizimga, aholiga yaqinlaştirildi. Har bir mahalla uçun huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektori biriktirilib, fuqarolar yiğinlari raislarining huquq-tartibot böyiça örinbosari vazifasi ular zimmasiga yuklatildi. Jinoyatçilikni jilovlaş, hududlarning öziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda kriminogen vaziyatni barqarorlaştiriş borasida muhim işlar qilindi. “Xavfsiz poytaxt”, Xavfsiz şahar”, “Xavfsiz xonadon”, “Namunali hudud”, “Jinoyatdan xoli mahalla” singari konsepsiyalar amaliyotga tatbiq etildi. Ayniqsa fuqarolarni taşvişga solayotgan masalalarni joyida hal etiş böyiça “mahallabay”, “xonadonbay”, “fuqarobay” kabi mexanizmlar, yoşlar, ehtiyojmand oilalar va ayollar bilan işlaşning “temir daftar”, “ayollar daftari”, “yoşlar daftari” va “mehr daftari” singari yangiça tartiblari asosida içki işlar organlarining faoliyat samaradorligi kuçaytirildi. Jinoyatlarning sodir etilişiga ta’sir qilayotgan omillarni barvaqt aniqlaş va mavjud muammolarni “ilmiy diagnoz” qöyiş orqali oldini oliş yölga qöyildi.
Xalqaro anjumanda tizim faoliyatida erişilayotgan yutuqlar xorijlik ekspertlar tomonidan ham alohida e’tirof etildi. Xususan, Belarus Respublikasi IIV akademiyasi boşliği Aleksandr Vasilyev, Tojikiston Respublikasi IIV akademiyasi boşliği Fayzali Şarifzoda, Turkiya milliy politsiya akademiyasi boşliğining örinbosari Orçun Imga Özbekistonda Prezident Şavkat Mirziyoyev boşçiligida amalga oşirilayotgan mislsiz islohotlar, mintaqada tinçlik va barqarorlikni ta’minlaş, yaqin va uzoq xorijiy mamlakatlar bilan köp qirrali hamkorlikni rivojlantiriş borasidagi keng kölamli işlarga yuqori baho berdilar.
Konferensiya işida Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari böyiça qömita raisi Qutbiddin Burxonov, BMTning Narkotiklar va jinoyatçilik böyiça boşqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi rahbari Aşita Mittal, Qozoğiston Respublikasi IIV Qustanoy akademiyasi boşliği Nurlan Biyekenov, Özbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vaziri örinbosari Botir Parpiyev, Boş prokuratura akademiyasi boşliği Yevgeniy Kolenko, Sudyalar oliy kengaşi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi direktori Hojimurod Isoqovlar öz ma’ruzalari bilan iştirok etişdi.
Içki işlar organlari faoliyatini yanada takomillaştiriş, global xavf-xatar va tahdidlarga qarşi kuraşişda xalqaro hamkorlikni muvofiqlaştiriş, bu borada özaro faol tajriba almaşiş va ilğor yondaşuvlarni amaliyotga tatbiq etiş böyiça konseptual taklif hamda tavsiyalar işlab çiqildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati