Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Içki işlar organi xodimlari uçun yangi veb-sahifasi yaratildi

7 Noyabr 2022, 18:21

2274

Statistik ma’lumotlarga köra, jahon miqyosida kitoblarni elektron tarzda mutolaa qilişga bölgan ehtiyoj yildan-yilga oşib borayapti. Bunga elektron adabiyotlarning har jihatdan qulayligi sabab bölmoqda.

Yaqinda Içki işlar vazirligi akademiyasining IT mutaxassislari tomonidan “kitoblar.akadmvd.uz” veb-sahifasi yaratildi. Tizim xodimlari örtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltiriş, ularning intellektual salohiyati va ma’naviy dunyoqaraşini kengaytiriş maqsadida işlab çiqilgan zamonaviy dastur bir qator afzalliklarga ega.

“Kitoblar.akadmvd.uz” beş sahifadan iborat. Özbek va jahon adabiyoti sahifalarida içki işlar organi xodimlari uçun tavsiya etilgan kitoblarni mutolaa qiliş mumkin. Qöşimça qulaylik yaratiş maqsadida uşbu adabiyotlarni tinglaş va QR-kod orqali köçirib oliş imkoniyati yaratilgan. Yana bir afzalligi şundaki, veb-sahifaga ta’lim muassasasi professor-öqituvçilari tomonidan tayyorlangan adabiyotlar ham joylaştirilgan. Havolalar sahifasida esa ilmiy faoliyat bilan şuğullanayotgan tadqiqotçilar mahalliy va xalqaro ilmiy elektron kutubxonalar hamda ta’lim portallari xizmatlaridan foydalana oladi.

Mutaxassislarning ta’kidlaşiça, “Kitoblar.akadmvd.uz” veb-sahifasi birinçi navbatda ortiqça vaqtni tejaydi. Dastur yordamida istalgan foydalanuvçi zarur kitobni osongina topişi va qulay şaroitda mutolaa qilişi mumkin. Ayni jihatlardan kelib çiqib, dasturni yanada takomillaştiriş ustida işlar davom ettirilmoqda. Kelgusida huquqşunoslik sohasiga oid ilmiy tadqiqot va risolalarning elektron bazasidan foydalanişni yölga qöyiş, eng faol kitobxonlarni monitoring qilib boriş orqali elektron dastur imkoniyatlarini yanada oşiriş közda tutilgan.

Muxtasar qilib aytganda, yangi veb-sahifa içki işlar organlari xodimlari bilan amalga oşirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy işlarni samarali taşkil etişga, şaxsiy tarkibning ma’naviy-axloqiy fazilatlarini yuksaltirişga xizmat qiladi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech