IIV Akademiyasida ötkazilgan davra suhbatida huquqbuzarlik sodir etişga moyil şaxslar bilan işlaş faoliyatining muhim jihatlari yuzasidan fikr almaşildi.
Tadbirni kafedra boşliği, polkovnik Tölqin Mamatqulov oçib, tizimdagi izçil islohotlar, birinçi navbatda, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş va jinoyatçilikni jilovlaşga qaratilgani, amaliyotga joriy qilingan samarali mexanizmlar bu borada muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi.
Davra suhbatida Yunusobod tumani IIO FMB profilaktika katta inspektori, kapitan A. Şodiyev, Huquqbuzarliklar profilaktikasi va kriminologiya kafedrasi öqituvçisi, podpolkovnik M. Toğayeva va boşqalar söz olib, yoşlar örtasida sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning asosiy omillari, bunga imkon berayotgan şart-şaroitlar, muqaddam sudlangan va huquqbuzarlik sodir etişga moyillar bilan işlaş, xususan, yakka tartibdagi profilaktik çora-tadbirlarni amalga oşirişning öziga xos xususiyatlari, mahallani jinoyatdan xoli hududga aylantirişda “beşlik” vakillari bilan hamkorlikning dolzarb ahamiyati xususida töxtalib ötişdi.
Amaliyot xodimlari, professor-öqituvçi va tadqiqotçilar, kunduzgi ta’limning “huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati” ixtisoslik yönalişi kursantlari iştirok etgan tadbirda sohadagi muammolarning amaliy yeçimlariga qaratilgan takliflar bildirildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati