Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Xorijda ta’lim olayotgan yoşlar uçun öquv kurslari taşkil qilindi

10 Avgust 2022, 20:26

2416

 

 

Yurtimizda yoşlarning munosib bilim olişi, milliy va xalqaro tajribaning ilğor jihatlarini örganişi, tanlagan sohasining yetuk malakali vakili bölib yetişişi uçun barça imkoniyatlar yaratilgan.

Hozirda Rossiya Federatsiyasi Içki işlar vazirligi tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalarida yuzga yaqin özbekistonlik yoşlar öqimoqda. Zamon talablari darajasida bilim olayotgan umidli yoşlarimiz kelgusida mamlakatimiz ravnaqiga munosib hissa qöşişni maqsad qilgan.

Öquv kurslari xorijda öqiyotgan yurtdoşlarimizni Yangi Özbekistonda amalga oşirilayotgan strategik islohotlar bilan yaqindan taniştiriş, ularning harbiy-vatanparvarlik fazilatlari, ayniqsa jamiyatimizda keçayotgan yangilanişlarga daxldorlik hissini kuçaytiriş maqsadida taşkil etildi.

Içki işlar vazirligi akademiyasida ötkazilayotgan maşğulotlar jarayonida tinglovçilar dolzarb mavzularda ma’ruza tinglab, tajribali mutaxassislar bilan yaqindan fikr almaşiş imkoniga ega bölmoqdalar. Bundan taşqari, kasbiy tayyorgarlikni oşiruvçi amaliy maşğulotlarda iştirok etib, poytaxtimizdagi içki işlar organlari faoliyati bilan yaqindan tanişmoqdalar. Ularning madaniy-ma’rifiy hordiq olişlari uçun ham tadbirlar ötkazilmoqda.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

 

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech