Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Xizmatga shaylik tekshirildi

19 Mart 2022, 09:03

1419

Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan IIV Akademiyasi shaxsiy tarkibi navbatdagi saf ko‘rigidan o‘tkazildi.

Toshkent gornizoni boshlig‘ining buyrug‘iga binoan tashkil etilgan tadbirda katta va kichik ofitserlar, safdor va serjantlar tarkibi xodimlari, shuningdek magistratura tinglovchilari hamda kunduzgi ta’lim kursantlari ishtirok etdi.

Ko‘rik davomida xizmat kiyimini kiyish tartibi, zarur hujjat va anjomlar, shaxsiy tarkibning xizmat tayyorgarligi tekshirildi. Bayram kunlari jamoat tartibini saqlashga jalb qilingan xodim hamda tinglovchi-kursantlarga tegishli tavsiyalar berildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech