Ayni kunlarda Tojikiston Respublikasi IIV Öquv markazi boşliği, polkovnik Dodobek Nazirbekov mamlakatimizda mehmon bölib turibdi.
Qöşni mamlakat vakili Içki işlar vazirligi akademiyasi faoliyati bilan yaqindan tanişdi. Yurtimiz mehmoni öquv dargohining yangilanayotgan qiyofasini közdan keçirar ekan, ta’lim jarayoniga tatbiq qilingan innovatsion yondaşuvlarni alohida e’tirof etdi. Ixtisoslaşgan öquv majmualari, interfaol maşğulot zallari, vatanparvarlikni tarğib qiluvçi xonalar, ayniqsa kasbiy va jangovar-jismoniy tayyorgarlikni yuksaltirişga qaratilgan tizimli işlar tojikistonlik mehmonda yorqin taassurot qoldirdi.
Bugungi şaroitda içki işlar organlari uçun professional kadrlar tayyorlaş jarayoni mutlaqo yangiça yondaşuvni taqozo etmoqda. Tizim faoliyatini zamon talablari asosida taşkil etişda zamonaviy ta’lim, ayniqsa nazariya va amaliyot uyğunligining ahamiyati beqiyos. Tojikiston Respublikasi IIV Öquv markazi boşliği mutaxassislik yönalişlari kursantlari uçun taşkil qilingan öquv tezkor-tergov guruhi faoliyati bilan tanişuv jarayonida ta’limning öziga xos mexanizmlariga yuqori baho berdi.
Şu kunning özida IIV Akademiyasi boşliği, polkovnik Rustam Xatamov iştirokida uçraşuv ham bölib ötdi. Muloqot çoğida tomonlar özaro hamkorlikning bugungi holati yuzasidan atrofliça fikr almaşdilar. Dodobek Nazirbekov ikki davlat munosabatlari azaliy döstlik va yaxşi qöşniçilik an’analari asosida yuqori sur’atda rivojlanayotganini alohida e’tirof etdi.
Uçraşuvda Özbekiston va Tojikiston öquv muassasalari örtasida hamkorlikni yanada mustahkamlaş, ta’lim, ilmiy tadqiqot hamda madaniy-ma’rifiy yönalişlarda özaro tajriba almaşinuvini kengaytiriş, kadrlar tayyorlaşning zamonaviy yönalişlarini ommalaştiriş borasida qizğin muloqot qilindi. Tomonlar özaro aloqalarni barqaror sur’atda rivojlantirişga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Tojikistonlik mehmonning mamlakatimizga taşrifi davom etmoqda.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati