31-avgust kuni Osiyo politsiya ta’lim muassasalari assotsiatsiyasi Boş assambleyasining oltinçi yiğilişi bölib ötdi.
Koreya milliy politsiya universiteti taşabbusi bilan onlayn formatda ötkazilgan yiğilişda taşkilotga a’zo mamlakatlar va hamkor davlatlarning 20 dan ortiq turdoş oliy ta’lim muassasalari vakillari iştirok etdi.
Yiğiliş avvalida taşkilot prezidenti Song Yong Aye söz olib, global tahdidlar kuçayib borayotgan şaroitda özaro hamkorlikni kuçaytiriş, zamonaviy xavf-xatarlarga qarşi kuraşişning öziga xos yondaşuvlari böyiça köp qirrali tajriba almaşinuvini faollaştiriş masalalari xususida töxtaldi.
Iştirokçilar aloqalar formati va yönalişini kengaytiriş zamonaviy ta’limning ilğor yondaşuvlari uçun keng imkoniyatlar yaratişini alohida ta’kidladilar.
Yiğilişda kun tartibidagi asosiy masalalar, jumladan, yangi a’zolarni qabul qiliş, Osiyo politsiya öquv muassasalari assotsiatsiyasi prezidenti va örinbosarini saylaş hamda assotsiatsiyaning 2023-yilda bölib ötadigan yettinçi yiğilişiga tayyorgarlik köriş masalalari muhokama qilindi. Ovoz beriş yakunlaridan söng Özbekiston Jamoat xavfsizligi universiteti va Qatar politsiya kolleji taşkilot a’zoligiga qabul qilindi. Assotsiatsiya prezidenti lavozimiga Koreya milliy politsiya universiteti prezidenti Song Yong Аye nomzodi bir ovozdan ma’qullandi.
Assotsiatsiyaning kelgusi yil 23–27-avgust kunlari ötkazilişi rejalaştirilgan yettinçi yiğilişiga esa Mongoliya Içki işlar universiteti mezbonlik qiladigan böldi. Iştirokçilar köp qirrali hamkorlikni kengaytiriş zarurligini ta’kidlab, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanişga kelişib oldilar.
Onlayn muloqot çoğida Içki işlar vazirligi akademiyasi hamda Osiyo politsiya ta’lim muassasalari assotsiatsiyasi örtasidagi munosabatlarning bugungi holati yuzasidan fikr almaşildi. Tomonlar manfaatli aloqalarni rivojlantiriş, dolzarb mavzularda xalqaro anjumanlar taşkil qiliş borasida istiqbolli hamkorlikning muhim tamoyillarini belgilab oldilar.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati