Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Hafsalasi pir bölgan “tank”çilar, bronza uçun intriga davom etadi

13 Iyun 2023, 18:52

1916

Harbiy va harbiylaştirilgan ta’lim muassasalari örtasida ötkazilayotgan futbol musobaqasida sovrinli örin egalari deyarli ma’lum bölib ulgurdi.

Keça musobaqaning 4-tur öyinlari bölib ötdi. Markaziy uçraşuv IIV Akademiyasi va Çirçiq oliy tank qömondonlik-muhandislik bilim yurti futbolçilari örtasida keçdi. Mazkur uçraşuv muxlislar tomonidan “final oldidan final” deya baholanayotgan edi. Boisi, har ikki jamoaning oçkolari teng, faqat töplar nisbatiga köra IIV Akademiyasi jadvalda peşqadam bölib turgandi.

Uçraşuv şiddatli ruhda ötdi. Birinçi bölim mezbonlarning kombinatsion hujumlari, raqib jamoa vakillarining qöpol öyinlari bilan yodda qoldi. Töliq imkoniyat bilan töp tepgan futbolçilarimiz taymni 1:0 hisobidagi ğalaba bilan tugatdilar. Ikkinçi taymda “tank”çilar boş murabbiyi tomonidan bir qator taktik özgartirişlar amalga oşirildi. Natijada jamoamiz jarima maydoni atrofida xavfli vaziyatlar yuzaga kela boşladi.

Biroq himoyadagi tartibli öyin, maydon markazidagi ustunlik va tezkor qarşi hujumlar oxir-oqibat öz samarasini körsatdi. Mohir goleadorimiz Xayrulla Azimxöjayevning zarbasi öyindagi hisobni 2:0 körinişiga keltirdi. Mazkur golning raqiblarimiz havsalasini pir qilgani öyin şiddatiga ham ta’sir qilmay qolmadi. Ikki vaziyatda futbolçilarimiz zarbasi tösinga tekkan bölsa, yana bir vaziyatda raqib posboni öz jamoasi joniga oro kirdi. Asabiy ruhda keçgan öyin oxiriga qadar hisob boşqa özgarmadi.

 Turning ikkinçi bahsida Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi futbolçilari Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasiga qarşi maydonga tuşdi. Uçraşuvda Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi jamoasi muhim ğalabani qölga kiritib, oçkolari sonini 6 taga yetkazdi. Nihoyat, sönggi bahsda Jamoat xavfsizligi universiteti va Bojxona instituti jamoalari kuç sinaşdi. Gollarga boy ötgan öyin Jamoat xavfsizligi universiteti futbolçilarining 5:2 hisobidagi muvaffaqiyati bilan yakun topdi.

Ertaga turnirning sönggi uçta öyini va musobaqa sovrindorlarini taqdirlaş marosimi bölib ötadi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech