Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Guruç yiğiş va sumo sportining nima boğliqligi bor? “Zakovat” intellektual öyinida yana qanday savollar öynaldi?

16 Noyabr 2022, 15:29

2275

Içki işlar vazirligi akademiyasi kursantlari örtasida “Yoşlar – Uçinçi Renessans drayverlari!” şiora ostida “Zakovat” intellektual öyini ötkazildi.

Özbekiston Yoşlar ittifoqining Toşkent şahar kengaşi hamda Yoşlar işlari agentligining Mirzo Uluğbek tumani bölimi bilan hamkorlikda “Zakovat” intellektual klubi nodavlat notijorat taşkiloti tomonidan taşkil etilgan bellaşuvda 25 ta jamoa ğoliblik uçun bahslaşdi.

Tadbir oçilişida sözga çiqqanlar yurtimiz yoşlarini har tomonlama qöllab-quvvatlaş, kelajagimiz vorislarining bilim salohiyati va ma’naviy dunyoqaraşini yuksaltiriş, yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş, ayniqsa iqtidor egalarining intilişini röyobga çiqarişda bu kabi bellaşuvlar muhim turtki bölişini ta’kidlab ötdilar. 

Intellektual öyinda kursantlarga jami 24 ta savol yöllandi. Qizğin bahs-munozara va raqobat ostida ötgan bellaşuv yakunida birinçi örin 3-öquv kursining 6-otryad jamoasiga nasib etdi. Ğolib va sovrindorlar taşkilotçilarning diplom hamda kitoblar jamlanmasidan iborat esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati 

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech