Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Galdagi maşğulotlar Jizzax va Sirdaryoda ötkazildi

1 Avgust 2023, 18:19

1866

25–28-iyul kunlari Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida “Qiynoqqa solişga qarşi kuraşiş: xalqaro amaliyot va milliy tajriba” mavzuidagi öquv kursi doirasida navbatdagi maşğulotlar bölib ötdi. 

Inson huquqlari böyiça Milliy strategiya ijrosini ta’minlaş, Inson huquqlari sohasidagi Jahon ta’lim dasturining törtinçi bosqiçida belgilangan vazifalarni öz vaqtida va samarali amalga oşiriş maqsadida taşkil qilingan öquv kurslariga prokuratura hamda içki işlar organlari xodimlari jalb qilindi.

Tinglovçilar “Inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlar, asosiy tamoyillar”, “Qiynoqqa soliş bilan boğliq qilmişlar sodir etilişining oldini olişga oid qonunçilikning rivojlanişi”, “Nelson Mandela qoidalarining mazmun-mohiyati”, “Voyaga yetmaganlar va ayollarga oid xalqaro va milliy standartlar”, “Uşlab turiş, qamoqqa olişga oid xalqaro standartlar, mahbuslar huquqlarini ta’minlaş kafolatlari”, “Kamsitmaslik, aybsizlik prezumpsiyasi, qamoqqa oliş, xabar berişga oid xalqaro standartlar va Özbekiston Respublikasi jinoiy-huquqiy tizimida mazkur standartlarning qöllanilişi” hamda boşqa mavzularda ma’ruza tinglab, könikmalarini oşirdilar. Qisqa muddatli öquv kurslari yakunida tinglovçilarga sertifikat berildi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech