“Ğafur Ğulom” mahallasi Qaşqadaryo viloyatining kriminogen vaziyati murakkab hududlaridan biri sanaladi. Ayni kunlarda mahallani jinoyatçilikdan xoli hududga aylantiriş borasida keng kölamli profilaktik çora-tadbirlar olib borilmoqda. Biroq hali qilinişi lozim bölgan işlar talaygina...
Içki işlar vazirligi akademiyasi boşliği Rustam Xatamov boşçiligidagi işçi guruhi tomonidan mazkur mahalladagi kriminogen vaziyat, jinoyatçilik va huquqbuzarliklarning ahvoli, ularning sodir etiliş sabab va şart-şaroitlari, aholining muammolari va ijtimoiy holati çuqur örganildi va tahlil qilindi.
Qayd etilişiça, mahallada joriy yilning ötgan davri mobaynida ayrim turdagi jinoyatlar sezilarli kamaygan, qasddan badanga oğir şikast yetkaziş va tovlamaçilik kabi oğir jinoyatlar umuman qayd etilmagan. Ammo özlaştiriş yoki rastrata qiliş, hujjatlarni qalbakilaştiriş, bezorilik kabi jinoyatlar köpaygan. Natijada, umumiy jinoyatçilik körsatkiçi ötgan yilning şu davriga nisbatan 66,7 foizga oşib, mahalla kriminogen vaziyati oğir bölgan “qizil” toifadagi hudud bölib qolmoqda.
Jinoyatlarga sabab bölayotgan omillar tahlil qilinganda ma’lum böldiki, joriy yilning ön oyida jinoyat sodir etganlarning 75,8 foizi boşqa hududlardan kelib uşbu illatga qöl urgan. Şuningdek, mahalla hududidagi işlab çiqariş korxonalari va boşqa taşkilotlar xodimlari tomonidan mansabdorlik, iqtisodiyot sohasi bilan boğliq jinoyatlar sodir etilgan.
Işçi guruhi vakillarining mahalla fuqarolari bilan uçraşuvida yuqoridagi salbiy holatlar oçiq muhokama qilindi. Yoşi uluğ nuroniylar, xotin-qizlar vakillari va yoşlarning fikr-mulohazalari tinglandi. Şu kunning özida Qarşi şahar IIB mutasaddilari, profilaktika inspektorlari, mahalla raisi va faollar iştirokida yiğiliş ötkazildi. Bevosita muloqotda aholining muammoli masalalarini hal etiş, xususan, mahalla hududida qöşimça iş örinlarini yaratiş, vaqtinça işsiz yoşlar, ayniqsa xotin-qizlarni kasb-hunarga yönaltiriş, hududlarda kiçik tadbirkorlikni yölga qöyiş, yoşlar uçun sport inşootlari barpo etiş, mahallani obodonlaştiriş böyiça yeçimini kutayotgan muammolar yuzasidan aniq çora-tadbirlar belgilab olindi.
Kun davomida işçi guruhi a’zolari Qarşi şahridagi “Otçopar” mahallasida joylaşgan namunali patrul-post xizmati punkti hamda “Xontepa” mahalla fuqarolar yiğini hududidagi 1-sonli huquq-tartibot maskani faoliyati bilan ham tanişdilar. Hudud profilaktika inspektorlariga jamoat tartibini saqlaş, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş, ma’muriy huquqbuzarliklar töğrisidagi işlarni yuritiş böyiça tegişli tavsiyalar berildi.
7-dekabr kuni viloyat Içki işlar boşqarmasida onlayn tarzdagi videoselektor yiğilişi ötkazildi. Unda IIV Akademiyasi boşliği, polkovnik R.Xatamov, Qaşqadaryo viloyati IIB boşliği, polkovnik Ş.Satvoldiev, boşqarma boşliğining örinbosarlari, sohaviy xizmatlar rahbarlari, şahar, tuman içki işlar organlari boşliqlari, ularning örinbosarlari, profilaktika inspektorlari hamda mahalla fuqarolar yiğinlari raislari iştirok etdi.
Işçi guruhi rahbari R.Xatamov davlatimiz rahbari tomonidan tizimda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlarga töxtalib ötdi. “Içki işlar organlarini xalq manfaatlariga xizmat qiladigan ijtimoiy tuzilmaga aytaştiriş maqsadida eskiça iş uslublaridan voz keçilib, soha faoliyatini zamon talablari darajasida kuçaytirişga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunda, birinçi navbatda, quyi böğinlarning işlaş mexanizmi tubdan takomillaştirilib, aholining barça qatlami bilan manzilli iş olib boriş asosiy maqsad etib belgilangan. Bugungi kunda sektorlar rahbarlari, mahalla raislari hamda profilaktika inspektorlari bilan birgalikda “mahallabay”, “xonadonbay”, “fuqarobay” singari yondaşuvlar asosida tizimli işlar amalga oşirilmoqda. Biroq ayrim hududlarda jinoyatçilik ahvolining özgarişsiz qolayotgani, alohi bilan işlaşda yuzaga kelayotgan muammolar faoliyatimizni tubdan isloh etişni taqozo etmoqda”, - dedi R.Xatamov.
Yiğilişda kriminogen vaziyati murakkab mahallalarda jinoyatçilikni jilovlaş, huquqbuzarliklar profilaktikasini manzilli olib boriş, bu borada mavjud muammolar va ularning yeçimlari yuzasidan zarur tavsiyalar berildi. Akademiya professor-öqituvçilari tomonidan kriminogen vaziyati murakkab mahallalarda jinoyatçilikning sabab va şart-şaroitlarini örgangan holda “ilmiy diagnoz” qöyiş orqali oldini oliş böyiça işlab çiqilgan hudud metodikasini joylarda samarali tatbiq etiş, profilaktika inspektorining mahalla faollari hamda sektorlar bilan hamkorligini kuçaytiriş, şuningdek jinoyatlarning sodir etilişiga imkon berayotgan şart-şaroitlarni barvaqt oldini oliş borasida dolzarb vazifalar belgilab olindi. Soha vakillariga metodik qöllanmaning mazmun-mohiyati, uni amaliyotga tatbiq etiş mexanizmlari batafsil tuşuntirib ötildi.
Bir söz bilan aytganda, özaro uçraşuv va muloqotlar hududlardagi mavjud ahvol bilan yaqindan tanişiş asnosida aholining dardu taşvişlarini tinglaş, ularni öylantirayotgan masalalarni ijobiy hal qilişda muhim ahamiyat kasb etdi. Bundan közlangan maqsad aniq – mahallarda jinoyatçilikka barham beriş va xalqimizning tinç-osuda va farovon hayotini ta’minlaşdir.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati