Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Yoshlar – mamlakatimizning ertangi kuni

13 Aprel 2022, 03:04

1468

Ichki ishlar vazirligi akademiyasida Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 Yurtimizda yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish maqsadida ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda. So‘nggi yillarda Yoshlar masalalari bo‘yicha kengash, Yoshlar ishlari agentligi, Oliy Majlis palatalari huzurida Yoshlar parlamentlari, Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshida Yoshlar akademiyasining tashkil etilgani yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashning samarali tizimlari yo‘lga qo‘yildi. Bu borada yoshlar manfaatlarini himoya qilish, muammolarini o‘rganib, parlament minbariga olib chiqish, qonun ijodkorligida yosh o‘g‘il-qizlar ishtirokini ta’minlashda Senat huzuridagi Yoshlar parlamentining faoliyati e’tiborga molik.

Uchrashuv avvalida mehmonlar ta’lim maskani kursantlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Zamonaviy o‘quv xonalari, ta’lim jarayoniga tatbiq qilingan yangicha yondashuvlar, yoshlarning kasbiy, ma’naviy-axloqiy va jangovar-jismoniy ko‘nikmalarini yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlar, kitob o‘qish, dam olish va madaniy hordiq chiqarish uchun yaratilgan imkoniyatlar, shuningdek Akademiyani rivojlantirish istiqbolli dasturi haqida ma’lumot berildi. Yoshlar parlamenti a’zolari fan olimpiadalari, ko‘rik tanlov va sport musobaqalarida yutuqlarga erishgan kursantlar bilan muloqot qilishdi.

Axborot-resurs markazida o‘tkazilgan uchrashuvda bir guruh yosh xodimlar, faol kursantlar hamda vazirlik akademik litseylari o‘quvchilari ishtirok etdi. Yoshlar parlamenti raisi Mohistara Muhammadyunusova so‘zga chiqib, Akademiya yoshlari bilim va salohiyat, vatanparvarlik, mardlik, fidoyilikda o‘z tengdoshlariga namuna bo‘lgan holda kelgusida yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yaqin hamkorlik o‘rnatishdan mamnunligini bildirdi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech