Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Yosh tadqiqotchilar uchun master-klass

18 Fevral 2022, 09:02

2075

Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabi tomonidan Ichki ishlar vazirligi akademiyasi tadqiqotchilari uchun master-klass mashg‘uloti tashkil etildi.

Aytish joizki, o‘quv dargohida ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligini oshirish, mavjud salohiyatni sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish, ichki ishlar organlari faoliyati bilan bog‘liq dolzarb muammolar bo‘yicha tadqiqotlar olib borish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

 “Tahliliy tadqiqotlar metodikasi” mavzuida o‘tkazilgan galdagi mashg‘ulot yosh pedagoglar, tinglovchi va kursantlarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tizimli tahlil qilish hamda uning natijalaridan foydalanish bo‘yicha malakalarini oshirishga yo‘naltirildi.

Mashg‘ulot davomida tadqiqot ishining asosiy jihatlari, jumladan, tizimli tahlil, muammoga yondashuv, mantiqiy fikrlash kabi metodlarning ahamiyati tushuntirildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech