Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

ENG FAOL KITOBXONLAR IÇKI IŞLAR VAZIRI TOMONIDAN RAĞBATLANTIRILDI

3 Noyabr 2022, 20:15

2047

Poytaxtimizda “TAŞKENT BOOK FEST – 2022” III Toşkent xalqaro kitob körgazma-yarmarkasi davom etmoqda. Tadbirning ikkinçi kuni qiziqarli uçraşuv va muloqotlar, yangi kitoblar taqdimotiga boy ötdi.  

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beş muhim taşabbus asosida jamiyatda kitobxonlik madaniyatini yuksaltiriş, Yangi Özbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan “Kitobsevar millat” umummilliy ğoyasini röyobga çiqariş mazkur tadbirning asosiy maqsadidir.

– Kitobxonlik yurtimizda umummilliy harakatga aylanib bormoqda, – deydi IIV Akademiyasining Tarbiyaviy işlarni taşkil etiş bölimi boşliği, mayor Farhod Toştemirov. – Jamiyatning ma’naviy qiyofasi adabiyotga, kitob mutolaasiga bölgan e’tibor bilan ölçanadi. Sönggi yillarda içki işlar organlari tizimida ham kitobxonlikni ommalaştiriş orqali soha xodimlarining kasbiy fazilatlarini yuksaltirişga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Bugungi tadbir aholi orasida kitobxonlik madaniyatini oşiriş yölida amalga oşirilayotgan ezgu sa’y-harakatlarning amaliy ifodasi böldi.      

 Körgazma-yarmarkada nafaqat mahalliy, balki xorijiy naşriyotlar tomonidan çop etilgan kitob mahsulotlari, turfa xil özbek va jahon adabiyoti namunalari namoyiş qilindi. Quvonarlisi, Içki işlar vazirligi taşabbusi bilan tizimda xizmat qilayotgan öttiz nafar yoş kitobxonga bir million sömlik kitoblar jamlanmasi topşirildi.

– Kitob yarmarkasidan ulkan ma’naviy ozuqa oldim. Çunki kitob  – insonning eng sodiq dösti, tafakkurimiz qanoti. Buyuk ajdodlarimiz ham ilm-ma’rifatga, kitob öqişga intilib, yuksak çöqqilarga erişganlar. Tadbirda eng faol kitobxonlar qatorida Içki işlar vaziri tomonidan sovğa qilingan eng sara asarlarga sazovor böldim. Bu işonç bilim oliş yölida katta kuç va ğayrat bağişlaydi, – deydi IIV Akademiyasining 3-bosqiç kursanti Husniya Umrzoqova. 

Xalqaro kitob körgazma-yarmarkasi 4-noyabr kuni özi işini yakunlaydi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech