Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Dzyudo böyiça xalqaro turnirda IIV jamoasi uçinçi örinni egalladi

30 May 2022, 18:32

2654

26–29 may kunlari Moskva şahrida içki işlar organlari va qurolli kuçlar tuzilmalari xodimlari örtasida dzyudo böyiça xalqaro turnir bölib ötdi. 

Turnirda mezbonlardan taşqari, Armeniston, Ozarbayjon, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Belarus, Turkmaniston va Özbekiston vakillari tört guruhga bölingan holda jamoaviy tarzda kuraş olib bordi.

Terma jamoamiz tarkibidan 10 nafar sportçi, jumladan, IIV Akademiyasining Jangovar va jismoniy tayyorgarlik kafedrasi öqituvçisi, leytenant Dilşod Çoriyev hamda Harbiy tayyorgarlik kafedrasi katta öqituvçisi, podpolkovnik Sergey Petryanin örin oldi.

Turnir yakunida 1-örin Rossiya Federatsiyasi Milliy gvardiyasi jamoasiga, 2-örin Belarus Respublikasi Içki işlar vazirligi jamoasiga va faxrli 3-örin Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi jamoasiga nasib qildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech