IIV Akademiyasida Rossiya Federatsiyasi Tergov qömitasining Sankt-Peterburg akademiyasi bilan hamkorlikda navbatdagi master-klass maşğuloti ötkazildi.
Tergov faoliyati kafedrasi professor-öqituvçilari, mazkur ixtisoslik yönalişida ta’lim olayotgan kursantlar, yoş tadqiqotçilar iştirok etgan maşğulotda özlaştiriş yoki rastrata qiliş yöli bilan talon-toroj qiliş jinoyatlarini tergov qiliş xususiyatlari batafsil yoritildi.
Dastlab Sankt-Peterburg akademiyasi Nijegorod filialining Jinoyat protsessi kafedrasi boşliği, yuridik fanlar nomzodi, dotsent Andrey Uşakov uşbu turdagi jinoyatlarga sabab bölayotgan omillar, ularning sodir etiliş şart-şaroitlari, özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş jinoyatlarining oldini oliş yöllari, sud-tergov amaliyotida bu kabi qilmişlarga huquqiy baho beriş masalalariga töxtalib ötdi. Şundan söng Kriminalistika kafedrasi boşliği, yuridik fanlar nomzodi, dotsent Maskim Guşev mavzuning muhim jihatlari, ya’ni özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş jinoyatlari doirasida tergovga qadar tekşiruv, suriştiruv va dastlabki tergovni olib boriş, jabrlanuvçining mulkiy zararini qoplaş, ayblov xulosasini tuziş yuzasidan öz mulohazalari bilan örtoqlaşdi.
Onlayn formatda ötgan oçiq muloqot davomida kursantlar özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş qilmişlari uçun Rossiya Federatsiyasi jinoyat va jinoyat-protsessual qonunçiligida belgilangan normalar, mazkur jinoyatlarni foş etişda tergov organlarining tergovga qadar tekşiruv organlari bilan samarali hamkorligini taşkil etişning ahamiyati böyiça qiziqarli ma’lumotlarga ega bölişdi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati