16–17-iyun kunlari Rossiya Federatsiyasi IIV Krasnodar universiteti tashabbusi bilan “Административно-правовое регулирование правоохранительной деятельности: теория и практика” mavzuida onlayn xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda Turkiya, Belarus, Moldova, Ozarbayjon va boshqa davlatlardan xalqaro ekspertlar, mutaxassis va olimlar, yuridik oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etdi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini ma’muriy huquqiy tartibga solishning ilmiy-nazariy va amaliy jihatlari muhokama qilingan konferensiyada IIV Akademiyasi vakillari “К вопросу о деятельности инспекторов профилактики”, “Особенности деятельности инспекторов профилактики по законодательству Республики Узбекистан” mavzularida ma’ruza qilishdi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati