Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Cho‘lpon izdoshlari uchun yangi risola

22 Yanvar 2022, 07:01

1218

Poytaxtimizda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan nashr etilgan “Adiblar xiyoboni” kitob-albomining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda taniqli arboblar, yozuvchi va shoirlar, oliy ta’lim muassasalari va keng jamoatchilik vakillari, shuningdek ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

 Taqdimotda muhtaram Prezidentimiz rahbarligida milliy adabiyotimizni rivojlantirish, tarixda o‘chmas iz qoldirgan ajdodlarimizning boy ijodiy merosini o‘rganish va targ‘ib etishga qaratilayotgan ulkan e’tibor haqida so‘z bordi. E’tirof etilganidek, davlatimiz rahbarining g‘oyasi va tashabbusi asosida barpo etilgan Adiblar xiyoboni maskani bu boradagi ezgu ishlarning yorqin timsoli bo‘ldi. Ushbu maskanda shoir va yozuvchilarimizga ehtirom ramzi sifatida qad rostlagan yodgorliklar milliy adabiyotimizning ramziy ko‘zgusi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. “Adiblar xiyoboni” kitob-albomi ham buyuk vatandoshlarimizning hayoti va ijodi, ibratli faoliyati haqida hikoya qiladi.

– O‘quv dargohimizda atoqli adib Abdulhamid Cho‘lponning ilmiy merosi katta ishtiyoq bilan o‘rganilmoqda, – deydi 3-bosqich kursanti Maftuna Ne’matova. – “Adabiyot xalqning yuragi, elning ma’naviyati ko‘zgusi” tamoyili asosida o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar kursant yoshlarni ona Vatanga, xalqimizga va tanlagan kasbiga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Iqtidorli yoshlar uchun “Cho‘lpon izdoshlari” to‘garagi hamda “Cho‘lpon” nomidagi stipendiyaning tashkil etilgani bu yo‘ldagi xayrli qadam bo‘ldi. Adabiyotimiz darg‘alarining ibratli hayotini keng targ‘ib qilish maqsadida chop etilgan yangi risola Cho‘lpon kabi mard, fidoiy, vatanparvar yoshlarni kamol toptirish, ularning ma’naviy-axloqiy fazilatlarini yuksaltirish, jamiyatda kitobxonlik madaniyatini oshirishga xizmat qiladi.  

Aytish joizki, “Adabiyot” nashriyoti tomonidan 1000 adadda chop etilgan kitob-albomdan Adiblar xiyobonida o‘tkazilgan tadbirlarning fotolavhalari ham o‘rin olgan.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech