Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Boqiy meros sohibi

09 Aprel 2022, 10:04

1452

O‘zbek romanchiligi asoschisi Abdulla Qodiriyning asarlari kitobxonni hamisha o‘ziga chorlab kelgan. Adib 44 yillik umri mobaynida millat va xalq qayg‘usi yo‘lida zalvorli ijod qilib, chinakam ma’naviy jasorat ko‘rsatdi.

Sevimli yozuvchimiz tavalludining 128 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda adabiyotshunos Sherkon Qodiriy, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari davlat muzeyi bosh ilmiy xodimi Bahrom Irzayev va Ichki ishlar vazirligi akademiyasi jamoasi ishtirok etishdi.

Chindan ham, Abdulla Qodiriy asarlarining ma’naviy hayotimizdagi o‘rni juda beqiyos. Adib qoldirgan ulkan meros yoshlarni yurtga muhabbat, boy o‘tmishimiz va bebaho qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qilmoqda. So‘nggi yillarda Qodiriy siymosiga ehtirom ko‘rsatish borasidagi ezgu ishlar keng quloch yoydi. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan yurtimizda Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i, ijod maktabi, muzey barpo etildi. Adib yashagan xonadon adabiyot, ilmu ma’rifat bo‘stoniga aylantirildi.

Tadbirda Abdulla Qodiriyning nabirasi Sherkon Qodiriy bobosining murakkab hayot yo‘li, qatag‘on yillarining ayanchli xotiralarini yodga oldi. Davlatimiz tomonidan daho adibga ulug‘ ehtirom ko‘rsatilayotganini alohida e’tirof etdi. “Xalq yuragi” turkumi ostida Kinematografiya agentligi tomonidan suratga olingan hujjatli film barchada katta tassurot qoldirdi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech