Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

BMTning Barqaror rivojlaniş maqsadlari doirasida seminar-trening ötkazildi

11 Noyabr 2022, 22:06

2042

9–11-noyabr kunlari Içki işlar vazirligi akademiyasida BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatçilikka qarşi kuraşiş boşqarmasi (UNODC)ning Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi kömagi bilan seminar-trening taşkil etildi.

Seminar-trening huquqni qöllaş amaliyotida inson huquqlarining samarali yondaşuvlarini tatbiq etiş, xotin-qizlarni turli tazyiq va zöravonliklardan himoya qiliş, jamiyatda gender tengligini ta’minlaş, bu borada xalqaro tajribaning ilğor jihatlari böyiça muloqot muhitini yölga qöyiş maqsadida ötkazildi.

Xalqaro ekspertlar, ta’lim muassasasi professor-öqituvçilari iştirok etgan maşğulotlarni BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatçilikka qarşi kuraşiş boşqarmasi (UNODC)ning Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi vakili Aşita Mittal hamda IIV Akademiyasi rahbari Rustam Xatamov oçdi.

Aşita Mittal xonim Özbekistonning gender siyosati böyiça olib borayotgan amaliy çora-tadbirlari xalqaro standartlarga töliq mos kelişini e’tirof etgan holda mazkur yönalişda 2 ta qonun hamda 2030-yilga qadar gender tenglikka erişiş strategiyasi qabul qilinganini alohida ta’kidladi. Hamkorlikda ötkazilayotgan maşğulotlar içki işlar organlarining xotin-qizlar bilan işlaş, ularni tazyiq va zöravonliklardan himoya qiliş yönalişidagi faoliyatini takomillaştirişga xizmat qilişi qayd etildi.

Uç kunlik seminar-trening davomida inson huquqlari va gender muvozanatni ta’minlaş, qonuniy huquq va erkinliklardan foydalanişda jins böyiça kamsitişga yöl qöymaslik, xotin-qizlarni tazyiq va zöravonlikdan himoya qiliş, ularning manfaatini himoya qilişning qonunçilik va institutsional negizini mustahkamlaş, jamiyatda huquq ustuvorligini ta’minlaşga xizmat qiladigan mexanizmlarni takomillaştiriş, mazkur sohada Özbekiston tajribasida yaratilgan namunaviy tizimning öziga xos jihatlari yuzasidan fikr almaşildi.

Xorijlik ekspertlar Vendi ÖBrayen, Melissa Jardin va Sergey Sidorov tomonidan “Huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan gender tenglik masalalarini ta’minlaş”, “Gender tengligi tamoyili asosida hayotning barça sohalarida erkaklar va ayollar uçun teng ijtimoiy imkoniyatlarni yaratiş”, “Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilişning asosiy yönalişlari”, “Kasbiy ta’lim jarayonida inson huquqlari va gender tengligi masalalariga yondaşuvni samarali tatbiq qiliş”, “Huquqni muhofaza qiluvçi organlar faoliyatini umume’tirof etilgan xalqaro standartlarga moslaştiriş”, “Sud-huquq tizimidagi islohotlarda gender tenglik masalalari” kabi dolzarb mavzularda treninglar olib borildi. BMTning Barqaror rivojlaniş maqsadlariga xizmat qiluvçi amaliy tavsiyalar işlab çiqildi.

Tadbir yakunida seminar-trening iştirokçilariga sertifikatlar topşirildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech